UzNIF aksiyalari savdolarning ilk kunidayoq 40 foizlik o‘sishni qayd etdi

18.05.2026 10:29
O'zbekchaРусский
Toshkent fond birjasida Milliy investitsiya fondi (UzNIF) aksiyalari bilan savdolar ilk kundanoq sezilarli o‘sish bilan boshlandi. Fondning aksiya narxlari 2 soat ichida boshlang‘ich narxdan 40 foizga, joylashtirish narxiga nisbatan esa 70 foizga o‘sdi.
UzNIF aksiyalari savdolarning ilk kunidayoq 40 foizlik o‘sishni qayd etdi

Foto: UzNIF

Toshkent fond birjasida Milliy investitsiya fondi (UzNIF) aksiyalari bilan savdolar ilk kundanoq sezilarli o‘sish bilan boshlandi.

18-may kuni soat 10:00 da birjada fondning bir dona aksiyasi 5,39 so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yildi. 

12:00 holatiga kelib, aksiya narxi boshlang‘ich narxga nisbatan 40 foizdan ko‘proqqa oshib, 7,5 so‘mga yetdi. Joylashtirish narxiga (4,41 so‘m) nisbatan esa 70 foizga o‘sdi.

Skrinshot: Toshkent fond birjasi

Biroq ko‘p o‘tmay aksiyalar narxi tusha boshladi va soat 14:30 holatiga kelib, 5,9 so‘mni tashkil qildi. Shunga qaramay, narxlar joylashtirish narxidan 34 foizga yuqori bo‘lib turibdi.

London fond birjasida esa fondning bir dona GDR narxi 27 dollar bilan ochildi. Bu IPO narxidan (25 dollar) 10 foiz yuqori ko‘rsatkichdir.

Ma’lumot uchun, Jett va GoInvest mobil ilovalar orqali fond aksiyalarini sotib olish imkoniyati mavjud.

#uznif#Toshkent_fond_birjasi#london_fond_birjasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar