7-may kuni InFinBank asosiy aksiyadori Farhod Mamajonov ta’sischiligida Safo Airlines qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
Safo Airlines havo transporti sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot sifatida ro‘yxatga olingan.
Yangi kompaniyada Mamajonovning ulushi 60 foizni tashkil etadi.

Manba: stat.uz
Shu munosabat bilan kompaniya 19-may kuni InFinBank bilan affillangan shaxslar ro‘yxatiga kiritildi.
Kompaniyaning qolgan 30 foiz ulushiga Mixail Alekin, 10 foiziga esa Avazjon Toshpo‘latov egalik qilishi ko‘rsatilgan.
Toshpo‘latovning Mamajonovga qarashli Sofa Marva Tour sayyohlik agentligida ham ulushi bor.
Ma’lumot uchun, Farhod Mamajonov O‘zbekistondagi taniqli tadbirkorlardan biri sanaladi.
U InFinBank’ning asosiy aksiyadori bo‘lib, bundan tashqari yana bir qator tashkilotlarda ham o‘z ulushiga ega.
Shulardan biri Sofa Marva Tour sayyohlik agentligi bo‘lib, mazkur agentlik qariyb to‘rt yildan buyon sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatib keladi.
