2-iyundan Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

21.05.2026 12:49
O'zbekchaРусский
Ummon Sultonligining Oman Air aviakompaniyasi 2026-yil 2-iyundan boshlab Maskat–Toshkent–Maskat yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar haftasiga uch marta Boeing 737 rusumli havo kemalarida amalga oshiriladi.
2-iyundan Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Oman Air

Oman Air Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.

Ummon Sultonligining Oman Air aviakompaniyasi 2026-yil 2-iyundan boshlab Maskat–Toshkent–Maskat yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Parvozlar haftasiga uch marta — seshanba, juma va shanba kunlari Boeing 737 rusumli havo kemalarida amalga oshiriladi.

Yangi yo‘nalish Maskat xalqaro aeroporti orqali Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Yevropa mamlakatlariga qulay tutashuvlarni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi 24-iyundan boshlab Toshkent–Tamchi (Issiqko‘l) yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi.

#oman_air

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar