Toshkent shahrida uy-joy narxlari qanday o‘zgarmoqda?

22.05.2026 05:32
O'zbekchaРусский
2026-yil aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy narxlarida asosan o‘sish kuzatildi. Ikkilamchi bozordagi uylar narxi yangi qurilgan uylarnikiga qaraganda tezroq oshmoqda. Mirobod tumani narxlarning o‘sishi va yuqoriligi bo‘yicha poytaxt tumanlari orasida yetakchilik qilmoqda.
Toshkent shahrida uy-joy narxlari qanday o‘zgarmoqda?

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Toshkent shahrida uy-joy narxlarining qanday o‘zgarayotganini o‘rgandi.

Tahlilga ko‘ra, 2026-yilning aprel oyida uy-joy bozori faolligi pasaygan.

Narxlar esa uyning joylashgan tumani va xonalar soniga ko‘ra turlicha shakllangan.

Yangi uylar

Aprel oyida poytaxtdagi yangi uylar narxida asosan o‘sish kuzatildi.

Eng yuqori narx o‘sishi Mirobod tumanida qayd etildi. Tumanda bir xonali uylarning narxi o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 32,6 foizga oshgan.

Infografika: IMRS

Mirobod nafaqat bir xonali uylar segmentida, balki 2, 3 va 4 xonali uylarda ham eng yuqori o‘sishni ko‘rsatgan.

Bir xonali yangi uylar narxi Shayxontohur (-24,3%), Olmazor (-7,2%) hamda Yakkasaroy (-5,6%) tumanlaridan tashqari barcha tumanlarda o‘sgan.

Ikkilamchi bozor uylari

Ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar o‘sishi yangi uylarga qaraganda nisbatan faolroq bo‘lgan.

Aprel oyida Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida 3 xonali, shuningdek, Sergeli tumanida 4 xonali uylar narxida kichik pasayish kuzatilgan.

Infografika: IMRS

Mirobod tumanidagi ikkilamchi bozor uylari ham poytaxtdagi eng qimmat uylar bo‘lib qolmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlari egallagan.

#toshkent_shahri#uy-joy

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar