Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Toshkent shahrida uy-joy narxlarining qanday o‘zgarayotganini o‘rgandi.
Tahlilga ko‘ra, 2026-yilning aprel oyida uy-joy bozori faolligi pasaygan.
Narxlar esa uyning joylashgan tumani va xonalar soniga ko‘ra turlicha shakllangan.
Yangi uylar
Aprel oyida poytaxtdagi yangi uylar narxida asosan o‘sish kuzatildi.
Eng yuqori narx o‘sishi Mirobod tumanida qayd etildi. Tumanda bir xonali uylarning narxi o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 32,6 foizga oshgan.

Infografika: IMRS
Mirobod nafaqat bir xonali uylar segmentida, balki 2, 3 va 4 xonali uylarda ham eng yuqori o‘sishni ko‘rsatgan.
Bir xonali yangi uylar narxi Shayxontohur (-24,3%), Olmazor (-7,2%) hamda Yakkasaroy (-5,6%) tumanlaridan tashqari barcha tumanlarda o‘sgan.
Ikkilamchi bozor uylari
Ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar o‘sishi yangi uylarga qaraganda nisbatan faolroq bo‘lgan.
Aprel oyida Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida 3 xonali, shuningdek, Sergeli tumanida 4 xonali uylar narxida kichik pasayish kuzatilgan.

Infografika: IMRS
Mirobod tumanidagi ikkilamchi bozor uylari ham poytaxtdagi eng qimmat uylar bo‘lib qolmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlari egallagan.
