Aleksandr Orlov Uzum Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ketmoqda

25.05.2026 07:46
O'zbekchaРусский
Aleksandr Orlov o‘z xohishiga ko‘ra Uzum Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimini tark etmoqda. U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026-yil 1-iyuldan bekor qilinadi. Shuningdek, Orlov bankning affillangan shaxslari ro‘yxatidan ham chiqarildi.
Aleksandr Orlov Uzum Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ketmoqda

Aleksandr Orlov / Foto: Uzum Bank

Aleksandr Orlov Uzum Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimini tark etmoqda. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Portalda bu bo‘yicha bank kuzatuv kengashining 21-sonli yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma keltirilgan. Unga ko‘ra, Aleksandr Orlov o‘z tashabbusi bilan ushbu lavozimni tark etmoqda.

Ko'chirmadan skrinshot

Bank kuzatuv kengashi esa uning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib, qanoatlantirgan.

Bayonnomaga ko‘ra, Aleksandr Orlov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026-yil 1-iyuldan boshlab bekor qilinadi.

Shuningdek, Orlov bankning affillangan shaxslar ro‘yxatidan ham chiqarildi.

Aleksandr Nikolayevich Orlov 20 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U faoliyati davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston bank sohalarida ishlagan.

Uzum Bank tizimida chakana va korporativ biznes, to‘lov servislari hamda pul o‘tkazmalari yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun mas’ul edi.

#aleksandr_orlov#uzum_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar