2026-yilning may oyi davomida O'zbekistonda oltin narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Oy davomida qayd etilgan eng yuqori va eng past narxlar o‘rtasidagi farq 4 foizni tashkil etdi.
5-may kuni Markaziy bank 1 gramm oltin quymasining narxini 1 mln 870 ming so‘m etib belgilagan edi. Bu may oyida kuzatilgan eng past narx bo‘ldi.
12-mayga kelib esa 1 gramm oltin quyma narxi 1 mln 943 ming so‘mga yetdi.
Undan keyingi davrda mazkur ko‘rsatkichdan yuqori natija qayd etilmadi.
Oyning boshida, ya’ni 1-may kuni, 1 gramm oltin quymasi narxi Markaziy bank tomonidan 1 mln 879 ming so‘m etib belgilandi.
Oyning oxirgi ish kuni bo‘lgan 26-mayda esa narx 1 mln 930 ming so‘mni tashkil qildi.

26.05.2026 / Manba: Markaziy bank
Bu oltin quyma narxlari may oyining boshiga nisbatan oy oxirida 2,7 foizga oshganini ko‘rsatadi.
Biroq narxlar o‘tgan yilning may oyi oxiri bilan taqqoslaganda 37 foizga o‘sgan.

Manba: Markaziy bank
2025-yil may oyining oxirgi ish kunida 1 gramm oltin quymasi narxi 1 mln 407 ming so‘m etib belgilangan edi.
Ma’lumot uchun, aprel oyida 1 gramm oltin quymasining eng yuqori narxi 1 mln 939 ming so‘mni tashkil etgandi.
Eslatib o‘tamiz, @tangauz_news kanalida oltin quyma narxlarining kunlik o‘zgarishi e’lon qilib boriladi.
