2026-yil 22-may kuni Toshkent shahrida Trastbank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi asosiy masalalar qatorida bank Kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirish va uning a’zolari sonini belgilash ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Kuzatuv kengashi a’zolari sonini amaldagi 7 nafardan 9 nafarga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shu munosabat bilan Mixail Viktorovich Davidkin hamda Jasurbek Hamidovich Ataniyazov bank Kuzatuv kengashi a’zosi etib tayinlandi.

Jasurbek Ataniyazov
Bayonnomada ularning nomzodlari Markaziy bank bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqilgani qayd etilgan.
Kengash a’zoligiga tayinlangan Jasurbek Ataniyazov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri hisoblanadi.
Mixail Davidkin esa ProCab korxonasi yuristi sifatida ko‘rsatilgan. Davidkin bundan avval ham Trastbank Kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan.
Bank saytidagi 2025-yil 20-fevral holatiga ko‘ra dolzarb ma’lumotda uning Kuzatuv kengashi a’zosi ekani qayd etilgan.
