Narxlar o‘sishi bo‘yicha eng katta xavotir pensionerlarda — MB

02.06.2026 12:36
O'zbekchaРусский
Aprel oyida aholining inflyatsion kutilmalari 10,6 foizni tashkil etdi. Eng yuqori inflyatsion kutilmalar pensionerlar tomonidan bildirilgan bo‘lsa, nisbatan past kutilmalar talabalar tomonidan bildirilgan.
Narxlar o‘sishi bo‘yicha eng katta xavotir pensionerlarda — MB

Foto: Shohruh Haydarov / Gazeta.uz

Markaziy bank inflyatsion kutilmalar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.

Natijalarga ko‘ra, aprel oyida aholining inflyatsion kutilmalari 10,6 foizni tashkil etgan.

Taqqoslash uchun, mart oyida bu ko‘rsatkich 11,1 foizga, o‘tgan yilning aprel oyida esa 14,4 foizga teng bo‘lgandi.

So‘rovnomada qatnashganlarning katta qismi narxlar o‘sishida kommunal xizmatlar qimmatlashishining ta’sirini yuqori baholagan.

Manba: Markaziy bank

Shuningdek, yoqilg‘i va energiya narxlarining ko‘tarilishi ham yuqori baholangan.

Sohalar kesimida inflyatsion kutilmalarning shakllanishi turlicha kechgan.

Jumladan, eng yuqori inflyatsion kutilmalar pensionerlar tomonidan, kelgusida narxlar o‘zgarishi bo‘yicha nisbatan past kutilmalar esa talabalar tomonidan bildirilgan. 

Manba: Markaziy bank

Bundan tashqari, davlat tashkilotlari xodimlari hamda turizm sohasi vakillarining inflyatsion kutilmalari ham past bo‘lgan. Hududlar kesimida ham kutilmalar turlicha shakllangan.

Xususan, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati aholisining kutilmalari yuqori bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Samarqand aholisiniki nisbatan past bo‘lgan.

Manba: Markaziy bank

Aholining daromadlari nuqtayi nazaridan qaralganda, vaziyat yanada qiziqarli.

So‘rovnoma natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, aholining yuqori daromadli qatlamining kutilmalari nisbatan yuqori.

Manba: Markaziy bank

Eng past kutilmalar esa 2–4 mln so‘m oralig‘ida daromadga ega aholi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

#inflyatsion_kutilmalar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar