Fitch Ratings O‘zbekistonning kredit reytingi bo‘yicha kutilmasini yaxshiladi

04.06.2026 06:07
O'zbekchaРусский
Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri Fitch Ratings O‘zbekistonning kredit reytingi bo‘yicha kutilmasini yaxshiladi. Agentlik mamlakatning suveren kredit reytingini BB darajasida tasdiqlagan holda, kutilmani “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi.
Fitch Ratings O‘zbekistonning kredit reytingi bo‘yicha kutilmasini yaxshiladi

Foto: Getty Images

Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri Fitch Ratings O‘zbekistonning kredit reytingi bo‘yicha kutilmasini yaxshiladi.

Agentlik mamlakatning suveren kredit reytingini BB darajasida tasdiqlagan holda, kutilmani “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi.

Kutilmaning ijobiy tomonga o‘zgarishi hukumatning makroiqtisodiy barqarorlikni saqlashga qaratilgan siyosati kuchayib borayotganini aks ettiradi.

Agentlikning fikricha, bu omillar o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarda davom etishiga va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Fitch O‘zbekistonning BB darajasidagi suveren kredit reytingini mamlakatning bir qator makroiqtisodiy ustunliklari bilan izohladi.

Agentlikka ko‘ra, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan pastligi, katta hajmdagi xalqaro zaxiralarning mavjudligi hamda iqtisodiyotning yuqori o‘sish salohiyati reytingni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillar hisoblanadi.

Shu bilan birga, Fitch agentligi reytingga bosim o‘tkazayotgan uchta omilni sanab o‘tdi.

Bular: aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotning nisbatan pastligi, iqtisodiyotning xomashyo va tovarlar eksportiga yuqori darajada bog‘liqligi hamda inflatsiya darajasining hamon yuqoriligidir.

#fitch#reyting

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar