May oyida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari qanday o‘zgardi?

09.06.2026 07:35
O'zbekchaРусский
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti OLX e’lonlari asosida Toshkent shahridagi uy-joy ijarasi narxlarini o‘rgandi. Tahlilga ko‘ra, poytaxtda bir xonali uylarning ijara narxi eng tez oshayotgan bo‘lsa, to‘rt xonali uylarniki esa arzonlamoqda.
May oyida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari qanday o‘zgardi?

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti OLX e’lonlari asosida Toshkent shahridagi uy-joy ijarasi narxlarini o‘rgandi.

O‘rganishlarga ko‘ra, may oyida poytaxtdagi bir xonali uylarning ijara narxi o‘rtacha 400 dollarni tashkil etgan.

So‘nggi bir yilda bir xonali uylarning ijara narxi eng tez o‘sgan bo‘lib, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 14,3 foizga oshgan.


Narxlarning yuqoriligi bo‘yicha Mirobod tumani yetakchilik qilmoqda. Nisbatan arzonroq ijara narxlari esa Uchtepa tumaniga to‘g‘ri keladi.

Manba: IMRS

May oyida yillik hisobda narxlarning o‘zgarishi tumanlar kesimida turlicha kechgan.

Poytaxtdagi to‘rt xonali uylarning ijara narxlarida o‘sish kuzatilmagan, aksincha, bir qator tumanlarda narxlar tushgan.

Eng tez o‘sish bir xonali uylarda qayd etilmoqda. Jumladan, Mirobod tumanida bir xonali uylar o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 33 foizga qimmatlagan.

Manba: IMRS

Faqat Olmazor va Bektemir tumanlaridagina bir xonali uylarning ijara narxi o‘zgarmagan.

Ikki xonali uylar bo‘yicha eng tez o‘sish Olmazor tumaniga to‘g‘ri kelib, tumanda ijara narxlari 20 foizga oshgan.

Uch xonali uylarning ijara narxlarida esa eng yuqori o‘sish (10%) Yashnobod tumanida kuzatilgan.

#ijara#may

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar