2026-yilning may oyida O‘zbekistonda inflatsiya darajasi 0,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
May oyida yillik inflatsiya darajasi esa 5,5 foizgacha pasaydi. Bu oyda ayrim meva va sabzavotlar narxining keskin tushishi inflyatsiyani pasaytiruvchi omil bo‘ldi.
Agar ularning narx o‘zgarishi hisobga olinmaganda, may oyidagi inflyatsiya 0,6 foizga teng bo‘lar edi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida limon narxi (+19%) eng ko‘p oshdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari
- Limon — (+19%)
- Suyaksiz mol go'shti — (+3,6%)
- Olma — (+2,6%)
- Sabzi — (+1,6%)
- Lavlagi — (+1,6%)
- Shakar — (+1,5%)
- Sut — (+1,1%)
- Baliq — (+1%)
- Suyakli mol go'shti — (+0,9%)
- Un — (+0,9%)
- O'simlik yog'i — (+0,6%)
- Bodring — (-39,5%)
- Pomidor — (-34,7%)
- Baqlajon — (-23,6%)
- Bulg'or qalampiri — (-19,7%)
- Sarimsoq — (-12,3%)
- Banan — (-4,1%)
- Karam — (-3,5%)
- Piyoz — (-2,9%)
- Parranda go'shti — (-1,6%)
- Guruch — (-1,6%)
- Ko'katlar — (-1,4%)
- Xom sut — (-0,8%)
- Tuxum — (-0,1%)
Transport va xizmatlar
- Tramvay (Samarqand) — (+15,5%)
- Elektrosamokat ijarasi — (+6,2%)
- Propan — (+1,9%)
- Shaxsiy transport ta'miri — (+1,2%)
- Avtoturargoh — (+1,1%)
- Taksi — (+1%)
- Shaharlararo avtobus — (+1%)
- Sovuq suv va kanalizatsiya — (+0,8%)
- Qurilish materiallari — (+0,8%)
- Ta'mirlash xizmatlari — (+0,8%)
- Uy-joy ijarasi — (+0,7%)
- Benzin AI-92 — (+0,6%)
- Shahar avtobus (Samarqand) — (+0,5%)
- Metan — (+0,2%)
- Aviaqatnovlar — (-1,3%)
- Poyezd — (-0,3%)
Aprel oyida bulg‘or qalampiri eng ko‘p qimmatlagan bo‘lsa, may oyida uning narxi 20 foizga arzonladi.
Shuningdek, may oyida ham go‘sht narxining o‘sishi tezlashdi: suyaksiz mol go‘shti 3,6 foizga qimmatlagan.
Pomidor, bodring, sarimsoq va banan narxlari esa tushdi. Narxlarning yillik o‘zgarishiga qaraganda, limon deyarli 90 foizga qimmatlagan.
Oziq-ovqat mahsulotlari (yillik)
- Limon — (+86,6%)
- Tuxum — (+21,4%)
- Qo‘y go‘shti — (+22,8%)
- Suyaksiz mol go‘shti — (+20,5%)
- Kartoshka — (+19,9%)
- Suyakli mol go‘shti — (+19,0%)
- Olma — (+24,8%)
- Go‘sht qiymati — (+15,8%)
- Parranda go‘shti — (+3,4% / +4,5%)
- Banan — (+5,8%)
- Pasterizatsiya qilingan sut — (+5,1%)
- Xom sut — (+5,1%)
- Un — (+4,6%)
- O‘simlik yog‘i — (+7%)
- Tirik va sovutilgan baliq — (+6,9%)
- Shakar — (+1,3%)
- Ko‘katlar — (+1,8%)
- Lavlagi — (+1,1%)
- Karam — (+1,2%)
- Bulg‘or qalampiri — (+2%)
- Bodring — (+41,6%)
- Guruch — (-13,7%)
- Aviaqatnovlar — (-6,6%)
- Pomidor — (-17,2%)
- Sabzi — (-20,8%)
- Sarimsoq — (-22%)
- Piyoz — (-22,9%)
- Baqlajon — (-27,3%)
Transport va xizmatlar (yillik)
- Sovuq suv va kanalizatsiya — (+22,4%)
- Propan — (+22,1%)
- Tramvay (Samarqand) — (+15,5%)
- Shahar avtobus (Samarqand) — (+14,6%)
- Poyezd — (+13%)
- Benzin — (+12%)
- Avtoturargoh — (+10,6%)
- Shaharlararo avtobus — (+7,8%)
- Shaxsiy transport ta’miri — (+8,1%)
- Uy-joy ijarasi — (+2,9%)
- Taksi — (+5,0%)
- Metan — (+0,9%)
- Aviaqatnovlar — (-6,6%)
Shuningdek, tuxum, mol va qo‘y go‘shtlari narxi 20 foizdan ko‘proqqa oshgan.
