Kredit karta nima?
Kredit karta — bu bank kredit mahsulotining bir turi bo‘lib, an’anaviy kreditdan bir qator afzalliklari bilan farq qiladi.
Jumladan, kredit kartada imtiyozli davr bo‘lib, bu davr mobaynida kredit limitidan xizmatlar va xaridlar uchun foydalanish mumkin.
Imtiyozli davr yakunlangach, sarflangan kredit mablag‘larini qaytarish uchun ma’lum muddat beriladi.
Agar qarz shu muddat ichida qaytarilsa, buning uchun foiz hisoblanmaydi. Aksincha, qarz belgilangan muddatda qaytarilmasa, foiz hisoblanadi.
Bu banklarning shartlariga ko‘ra turlicha bo‘ladi: ayrimlari kechiktirilgan har bir kun uchun foiz hisoblasa, boshqalarida qat’iy belgilangan stavka mavjud.
Ayrim kredit kartalarining yillik stavkasi banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Kartadan pul o‘tkazish yoki naqd pul yechib olish ham mumkin, lekin bu amallar uchun komissiya belgilangan.
Bu komissiya miqdori bank tariflaridan kelib chiqib, turlicha bo‘ladi.
Shuningdek, kredit kartadan an’anaviy bank kartasi kabi ham foydalanish mumkin. Ba’zi kredit kartalar hatto buning uchun ma’lum miqdorda keshbek ham taqdim etadi.
SQB
- Foizsiz davr — 55 kungacha
- Limit — 100 mln so'mgacha
- Yillik stavka — 26,9%
- Karta narxi — bepul
- Batafsil
Agrobank
- Yillik stavka — 27%
- Foizsiz davr — 55 kungacha
- Limit — 100 mln so'mgacha
- Karta narxi — bepul
- Batafsil
OFB
- Foizsiz davr — 45 kungacha
- Limit — 50 mln so'mgacha
- Yillik stavka — 34%
- Karta narxi — bepul
- Batafsil
Hamkorbank
- Yillik stavka — 40%
- Foizsiz davr — 50 kungacha
- Limit — 50 mln so'mgacha
- Karta narxi — bepul
- Batafsil
Ipak Yuli Bank — Imkoniyatlar kartasi
- Foizsiz davr — 55 kungacha
- Limit — 100 mln so'mgacha
- Yillik stavka — 42%
- Karta narxi — bepul
- Batafsil
InFinBank — InfinBlack kredit kartasi
- Foizsiz davr — 50 kungacha
- Limit — 100 mln so'mgacha
- Yillik stavka — 55 foizgacha
- Karta narxi — bepul
- Batafsil
Tez — Kredit kartasi
- Foizsiz davr — 62 kungacha
- Limit — 50 mln so'mgacha
- Yillik stavka — 43,2
- Karta narxi — bepul
- Batafsil
Monix — Kredit kartasi
- Foizsiz davr — 62 kungacha
- Limit — 50 mln so'mgacha
- Yillik stavka — 41%
- Karta narxi — bepul
- Batafsil
AVO Bank
- Foizsiz davr — 45 kungacha
- Limit — 100 mln so'mgacha
- Yillik stavka — 74,9 foizgacha
- Karta narxi — 50 ming so'm
- Batafsil
TBC Bank — Osmon kredit kartasi
- Foizsiz davr — 55 kungacha
- Limit — 50 mln so‘mgacha
- Karta narxi — bepul
- Batafsil
Osmon kredit kartasi bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar uchun jarima mavjud.
Agar minimal to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmasa, ertasi kuniyoq jarima hisoblana boshlaydi.
Birinchi kuni qarzning 8,75 foizi, so‘ngra qarz to‘liq qoplanmaguncha har bir kechiktirilgan kun uchun 0,35 foiz miqdorida.
Eslatma
tanga.uz yuqorida banklar taklif etayotgan kredit kartalarining ayrim shartlari bilan bo‘lishdi.
To‘liq shartlar bilan “Batafsil” qismiga o‘tish yoki bankning mobil ilovasi orqali tanishish mumkin.
Kredit karta shartlari hamda tariflarini o‘rganib, keyin qaror qabul qilish tavsiya etiladi.
Sababi imtiyozli davrdan tashqari foydalanish shartlari barcha banklarda turlicha bo‘ladi.
Jumladan, ayrim kredit kartalarida naqd pul yechish uchun foizlar kamroq, boshqalarida esa ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Kredit karta olish jarayoni
Yuqorida keltirilgan kredit kartalardan birortasi ma’qul bo‘lsa, uni olish uchun avval bank ilovasini yuklab olish lozim.
So‘ngra ilovaning “Kartalar” bo‘limidan kerakli kredit kartani tanlash kerak. Shundan keyin kredit limiti uchun so‘rov yuborish talab etiladi.
Limit mijozning kredit tarixi bo‘yicha skoring o‘tkazish orqali ilovaning o‘zida tasdiqlanadi.
Kredit tarixi salbiy yoki daromadi past deb topilgan mijozga limit ajratilmasligi ham mumkin.
Limit ajratilgach, kartaga buyurtma berish mumkin bo‘ladi. Ayrim banklarda yetkazib berish xizmati bepul, ayrimlarida esa kartani bank filialidan olib ketishga to‘g‘ri keladi.
