Click Young Wave loyihasi doirasida Click bosh direktori Ulug‘bek Rustamov yoshlar, karyera, pul va texnologiyalar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Quyida uning suhbat davomida aytib o‘tgan ayrim fikrlari keltirilgan.
- Buyuk kompaniyalarni ko‘pincha siz kabi yoshlar yaratadi.
- Pul endi maqsad emas — u maqsadlarga erishish vositasi.
- Foydalanuvchi muammosini tezroq, osonroq va qulayroq hal qilgan yutadi.
- Click shunchaki to‘lov kompaniyasi emas, balki layfstayl platforma.
- Tajriba xatolardan asraydi, ammo ba’zan yangi imkoniyatlarni ko‘rishga ham to‘sqinlik qilishi mumkin.
- Yoshlarni nazorat qilish emas, ularni eshitish muhim. Yangi g‘oyalar aynan shunday paydo bo‘ladi.
- Iste’dodli insonlarni faqat maosh bilan ushlab bo‘lmaydi. Odamlar rivojlanish, katta maqsadlar va natijaga ta’sir qilish imkoniyatini ham tanlaydi.
Ulug‘bek Rustamov suhbat davomida avlodlar kesimida pulga bo‘lgan munosabat qanday o‘zgarayotgani borasida ham o‘z fikri bilan bo‘lishdi.
Shuningdek, Click kompaniyasining yaratilishi borasidagi ayrim faktlarni tilga olib, o‘sha vaqtdagi holatni ham eslab o‘tdi.
To‘liq suhbatni ushbu havola orqali tomosha qilish mumkin.
Hamkorlik asosida
