Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega tijorat banklari ro‘yxatini e’lon qilishni boshladi.
2026-yil birinchi chorak natijalari bo‘yicha quyidagi o‘nta bank bu borada salbiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan:
- Biznesni Rivojlantirish Banki — 3,34
- ANORBANK — 3,29
- Mikrokredtibank — 3,23
- AVO Bank — 2,16
- TBC Bank — 2,06
- Davr Bank — 1,85
- Tenge Bank — 1,72
- Asakabank — 1,26
- Turonbank — 1,25
- Agrobank — 1,22
Ushbu banklarning beshtasi, jumladan, Biznesni Rivojlantirish Banki, Mikrokreditbank, Asakabank, Turonbank hamda Agrobank davlat banklaridir.
Markaziy bankning bildirishicha, yuqoridagi indeks ko‘rsatkichi bankning moliyaviy ahvoli yoki faoliyatining barqarorligini baholamaydi.
Balki mijozlar soniga nisbatan murojaatlar ulushining yuqoriligini ko‘rsatadi.

Manba: Markaziy bank
Shu munosabat bilan Markaziy bank tijorat banklarga bir qator tavsiyalar berdi.
Jumladan, murojaatlar kelib chiqishi sabablarini chuqur tahlil qilishga, takroriy shikoyatlarga olib kelayotgan omillarni bartaraf etishga chaqirdi.
Shu bilan birga, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan profilaktik choralarni kengaytirishni tavsiya etdi.
Regulyatorga ko‘ra, murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega tijorat banklari ro‘yxati yuqoridagi metodologiya asosida har chorakda yangilanib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov 13-iyun kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida hisobot bergandi.
Unda Ishmetov birinchi marta banklarning iste’molchilar shikoyatlarini ko‘rib chiqish indeksi ishlab chiqilganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, u bir oy ichida Markaziy bank o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifalarida fuqarolar bank xizmatlari haqida so‘rashi uchun ikkita kanal ishga tushirilishini bildirgan edi.
.jpg)