Ulug‘bek Tavakkalov faoliyatini Universalbank’da davom ettiradi

22.06.2026 08:09
O'zbekchaРусский
Ulug‘bek Tavakkalov Universalbank Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi etib tayinlandi. Moliya va fintex sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis bunga qadar Kapitalbank, mybank, Tenge Bank va SQB kabi qator tijorat banklarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ulug‘bek Tavakkalov faoliyatini Universalbank’da davom ettiradi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Ulug‘bek Tavakkalov Universalbank Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda bankning rasmiy saytida xabar berildi.

Bankning rasmiy xabarida Tavakkalov kengash tarkibida bank rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Universalbank Kuzatuv kengashi raisi lavozimida Anvar Irchayev faoliyat olib boradi.

Ulug‘bek Tavakkalov haqida

Ulug‘bek O‘ktamovich Tavakkalov 1978-yilda tug‘ilgan. 2000-yilda Rossiya Davlat xizmatlari universitetini Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

2013-yilda Toshkent Moliya institutida bakalavriat bosqichini, 2016-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Bank ishi fakultetida magistratura bosqichini tugatgan. 

Mehnat faoliyatini 1997-yilda Toshkent shahridagi Biznes jamg‘armasi kompaniyasining kredit va monitoring bo‘limida 1-toifali mutaxassis sifatida boshlagan. 

2003–2019-yillarda Ipak Yuli Bankida monitoring bo‘limi boshlig‘i, kredit portfeli monitoringi bo‘limi boshlig‘i va chakana biznes bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

2019-yil oktyabridan 2021-yil mayigacha SQB boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

2021–2024-yillarda Tenge Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari, 2024-yilning aprelidan noyabrigacha mybank boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan. 

2024-yilning noyabr oyi boshida Ulug‘bek Tavakkalov mybank boshqaruv raisi lavozimidan ketgani ma'lum bo'lgandi.

Shundan so‘ng u Kapitalbank kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi sifatida ishlagan.

Keyinchalik, 2025-yil fevralidan 2026-yil martigacha mazkur bankning boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

So‘ngra aprel oyi boshidan Toshkent xalqaro moliya boshqaruvi va texnologiyalari universitetida o‘qituvchi sifatida ish boshlagani ma’lum bo‘lgandi.

#ulug'bek_tavakkalov#Universal bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan