Blogix startapi 100 ming dollar sarmoya jalb qildi

24.06.2026 06:46
O'zbekchaРусский
Taqdimot loyihasida Blogix startapi 100 ming dollar sarmoya jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda startapning umumiy qiymati 1 mln dollarga baholangan. Mablag‘lar AloqaVentures fondi, Universalbank hamda tadbirkor Tamila Qurbonova tomonidan birgalikda ajratilgan.
Blogix startapi 100 ming dollar sarmoya jalb qildi

Taqdimot ko‘rsatuvidan

Taqdimot loyihasida Blogix startapi 100 ming dollar sarmoya jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda startapning umumiy qiymati 1 mln dollarga baholangan.

Mablag‘lar AloqaVentures fondi, Universalbank hamda tadbirkor Tamila Qurbonova tomonidan birgalikda ajratilgan.

Blogix — Telegram, Instagram va YouTube platformalarida reklama beruvchilar hamda blogerlar o‘rtasidagi hamkorlikni avtomatlashtiradigan platforma.

Skrinshot: Blogix

Uning yordamida kompaniyalar mos inflyuenserlarni topishi, reklama kampaniyalarini boshqarishi, to‘lovlarni amalga oshirishi va hisobotlarni avtomatik tarzda olishi mumkin.

Startap jalb qilingan mablag‘lar hisobidan mahsulotni rivojlantirish, jamoani kengaytirish va platformani kichik hamda o‘rta biznes vakillari orasida ommalashtirishni maqsad qilgan.

Kompaniya kelajakda Markaziy Osiyo bozorlariga chiqishni va mintaqadagi raqamli reklama infratuzilmasining muhim ishtirokchilaridan biriga aylanishni rejalashtirmoqda.

Taqdimot ko‘rsatuvidan

Startap ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi inflyuenser-marketing bozorining hajmi 100 mln dollardan oshadi.

Shunga qaramay, bozorning katta qismi hanuzgacha qo‘lda va an’anaviy usullar yordamida boshqarilmoqda.

Blogix ushbu jarayonlarni raqamlashtirish va shaffoflikni oshirishni maqsad qilgan. Platformada Telegram, Instagram va YouTube yagona tizimga birlashtirilgan.

Natijada reklama beruvchilar bir necha daqiqa ichida o‘z auditoriyasiga mos blogerlarni topa oladi.

Shuningdek, Blogix platformasi Didox va E-Imzo xizmatlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, bu elektron hujjat aylanishi hamda xavfsiz to‘lovlarni ta’minlaydi.

Joriy yilning fevral–iyun oylarida platforma orqali 411 ta loyiha amalga oshirilgan va 2,5 mingdan ortiq reklama materiali joylashtirilgan.

Shu davrda foydalanuvchilar soni 1 013 nafarga yetgan. Blogix yirik korporativ mijozlarni ham jalb qila olgan.

#blogix#aloqaventures#Universal bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan