O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi yetti oydagi eng past ko‘rsatkichga tushdi

02.07.2026 11:32
O'zbekchaРусский
Markaziy bank 3-iyul kuni uchun dollar kursini 11 909,66 so‘m etib belgiladi. Bu 2025-yil 3-dekabrdan buyon qayd etilgan eng past rasmiy kursdir. Belgilangan rasmiy kurs o‘tgan yilning mos kunidagi kursga nisbatan 692 so‘mga arzonlagan.
O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi yetti oydagi eng past ko‘rsatkichga tushdi

Foto: Shutterstock

Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 3-iyul kuni uchun dollar kursini 11 909,66 so‘m etib belgiladi.

Bu 2025-yil 3-dekabrdan buyon qayd etilgan eng past rasmiy kursdir.

Belgilangan rasmiy kurs o‘tgan yilning mos kunidagi kursga nisbatan 692 so‘mga arzonlagan.

Infografika: tanga.uz

Joriy yilda rasmiy kursning eng yuqori qiymati 10-fevralga to‘g‘ri kelib, o‘shanda 12 320,34 so‘mni tashkil etgandi.

2025-yilda esa rasmiy kursning eng yuqori qiymati 14-fevralda kuzatilib, 13 004 so‘mga teng bo‘lgandi.

Shundan so‘ng, AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursida pasayish kuzatilgan.

Natijada dekabr oyiga kelib yilning eng past ko‘rsatkichi qayd etilgan edi.

Markaziy bank 3-dekabr uchun rasmiy kursni 11 880,93 so‘m etib belgilagan.

Shu tariqa, bir yil davomidagi eng yuqori va eng past kurslar o‘rtasidagi farq 1123 so‘mga yetgan.

Keyingi kunlarda AQSh dollari 3-iyul uchun belgilangan qiymatdan 29 so‘mdan ko‘proqqa pasaysa, bu 2023-yil 10-avgustidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich bo‘ladi.

#dollar_kursi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan