Click QR — millionlab foydalanuvchilar uchun qulay to‘lov usuli

07.07.2026 10:45
O'zbekchaРусский
Click QR orqali to‘lovlarni amalga oshirish va qabul qilish avvalgidek davom etadi. Foydalanuvchilar o‘zlari uchun eng qulay to‘lov usulini avvalgidek tanlay olishlarini, tadbirkorlar esa Click QR’dan boshqa mavjud to‘lov vositalari qatorida foydalanishda davom etishlari mumkin.
Click QR — millionlab foydalanuvchilar uchun qulay to‘lov usuli

Foto: Click

Davlat soliq qo‘mitasi yagona QR-kod to‘lovlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha vosita ekanini rasman ma’lum qildi.

U mavjud to‘lov usullarini bekor qilmaydi hamda davlat reyestriga kiritilgan to‘lov tashkilotlari, jumladan, Click tomonidan taqdim etilgan QR-kodlarning o‘rnini bosmaydi.

Bu esa foydalanuvchilar o‘zlari uchun eng qulay to‘lov usulini avvalgidek tanlay olishlarini, tadbirkorlar esa Click QR’dan boshqa mavjud to‘lov vositalari qatorida foydalanishda davom etishlari mumkinligini anglatadi.

Click millionlab foydalanuvchilar va biznes uchun QR-to‘lovlarni yanada qulay, tezkor va xavfsiz qilish maqsadida ushbu yo‘nalishni rivojlantirishda davom etadi.

Hamkorlik asosida

#click#qr-kod

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan