Markaziy bankda islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtiruvchi Islomiy moliya kengashi tashkil etildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Kengash tarkibi islom huquqi bo‘yicha mutaxassis va texnik ekspert bo‘lgan besh nafar a’zodan iborat. Markaziy bank kengashga quyidagi mutaxassislar tayinlanganini e’lon qildi.
Kengash raisi

Foto: Markaziy bank
Kengash a’zosi

Foto: Markaziy bank
Kengash a’zosi

Foto: Markaziy bank
Kengash a’zosi

Foto: Markaziy bank
Kengash a’zosi
.jpg)
Foto: Markaziy bank
Kengash qanday vazifalarni bajaradi?
Kengash islomiy moliya sohasini tartibga solish va rivojlantirishga qaratilgan bir qator vazifalarni amalga oshiradi.
Jumladan, xalqaro standartlar hamda mahalliy sharoitni inobatga olgan holda islomiy moliya standartlari loyihalarini ishlab chiqadi.
Shuningdek, Markaziy bankka islomiy moliya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish masalalari bo‘yicha xulosa hamda maslahatlar beradi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, sohada yuzaga keladigan nizolar va bahsli masalalar yuzasidan tushuntirish hamda izohlar beradi.
Kengash banklar va mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya faoliyatiga oid tavsiya va ko‘rsatmalar beradi, ular bilan muntazam maslahat uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Bundan tashqari, Islom moliyasi bo‘yicha buxgalteriya hisobi va audit standartlarini ishlab chiquvchi xalqaro tashkilot (AAOIFI) yig‘ilishlarida Markaziy bank nomidan ishtirok etadi.
Shu bilan birga, zarurat tug‘ilganda ushbu tashkilot tomonidan ishlab chiqilayotgan hujjatlar loyihalariga taklif va mulohazalar bildiradi.
Shuningdek, kengash har yili o‘z faoliyati yuzasidan Markaziy bank boshqaruviga yillik hisobot taqdim etadi.
