2026-yilning dastlabki olti oyi Octobank uchun moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘sishi, mahsulotlar qatorining kengayishi, yangi xalqaro hamkorliklarning yo‘lga qo‘yilishi va nufuzli e’tiroflar bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Bank o‘z faoliyatida mijozlar ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganish, ularga yanada yaqin bo‘lish va zamonaviy moliyaviy yechimlarni taklif etishga alohida e’tibor qaratdi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar
2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, Octobankning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish qayd etildi.
.jpg)
Infografika: Octobank
Bank aktivlari 16,52 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 231,93 foizga o‘sdi. Majburiyatlar hajmi 4,05 trln so‘mdan 15,32 trln so‘mga yetib, 278,26 foizga oshdi.
Bankning xususiy kapitali 1,20 trln so‘mni, shu jumladan ustav kapitali 500 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kredit portfeli hajmi 392,8 mlrd so‘mdan 609,4 mlrd so‘mga yetib, 55,15 foizga o‘sdi.
2026-yilning birinchi yarim yilligida bankning sof foydasi 170,6 mlrd so‘mni, sof foiz daromadi esa 224,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bankning mijozlar bazasi 3,66 million kishidan oshdi. Shu bilan birga, bank jamoasi ham kengayib, xodimlar soni 379 nafardan 471 nafarga yetdi.
Mijozlar uchun yangi mahsulotlar va imkoniyatlar
2026-yilning birinchi yarim yilligida Octobank mijozlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar qatorini kengaytirdi.
Biznes uchun investitsiya maqsadlari, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va transport vositalarini xarid qilishga mo‘ljallangan “Octo-Invest”, “Octo-Oborot” va “Octo-Avto” kredit mahsulotlari, jismoniy shaxslar uchun esa “Avtokredit 2.0” taqdim etildi.
Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari imkoniyatlari kengaytirilib, Kaspi.kz orqali Qozog‘istondan HUMO va UZCARD kartalariga, E9PAY orqali esa Janubiy Koreyadan HUMO HUMO va UZCARD kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalari yo‘lga qo‘yildi.
Korrespondent hisobvaraqlarini ochish
2026-yilning birinchi yarmida Octobank xalqaro korrespondentlik tarmog‘ini yanada kengaytirib, quyidagi banklarda yangi korrespondent hisobvaraqlarini ochdi:
- DBS Bank (Singapur) — AQSH dollari (USD) va Xitoy yuani (CNH)
- ICBC London — Xitoy yuani (CNH)
- Yes Bank (Hindiston) — Hindiston rupiyasi (INR)
- Bank of Asia (Qirg‘iziston) — Qirg‘iz so‘mi (KGS)
- Sohar International Bank (Ummon) — Ummon riali (OMR)
Xalqaro korrespondentlik tarmog‘ini kengaytirish orqali Octobank xalqaro to‘lov xizmatlari sifatini izchil oshirib bormoqda.
Bu esa mijozlarga xorijdagi hamkorlari bilan tezkor, qulay va ishonchli hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.
Xalqaro e’tirof va yuqori baholar
2026-yilning birinchi yarim yilligida Octobank faoliyati qator nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar tomonidan yuqori baholandi.
Global Banking & Finance Awards 2026 talqiniga ko‘ra, Octobank birdaniga ikki yo‘nalishda — “Best Digital Bank Uzbekistan 2026” va “Best Bank for Treasury Activities Uzbekistan 2026” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi.
Ushbu e’tiroflar bankning raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish borasidagi faoliyatiga berilgan yuqori baho bo‘ldi.
Octobank mijozlarga yo‘naltirilgan yechimlarni rivojlantirish, biznes o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va raqamli moliyaviy ekotizimga qo‘shgan hissasi uchun Global Recognition Award 2026 mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.
Mukofot uchun har yili dunyo bo‘ylab 15 mingga yaqin ariza kelib tushadi va ishtirokchilarning atigi 5,8 foizi e’tirofga loyiq deb topiladi.
Baholash natijalariga ko‘ra, Octobank eng yuqori — 5 ballni qo‘lga kiritib, “jahon darajasidagi” natijani qayd etdi.
Bankning texnologik rivojlanish yo‘lidagi faoliyati Banking Fusion Uzbekistan 2026 xalqaro forumi doirasida ham e’tirof etildi.
Octobank bank sektorida innovatsiyalarni rivojlantirish va raqamli transformatsiyani jadallashtirishga qo‘shgan hissasi uchun Strategic Banking Innovation 2026 mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, “Ahbor-Reyting” agentligi 2025-yil yakunlari bo‘yicha Octobankning kredit reytingini “Barqaror” prognozi bilan “uzA++” darajasiga ko‘tardi.
Reyting bankning yuqori kreditga layoqatliligi, moliyaviy barqarorligi va o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq bajarish salohiyatini aks ettiradi.
Muloqot, hamkorlik va yangi g‘oyalar maydoni
Octobank uchun mijozlarga yaqin bo‘lish nafaqat yangi mahsulotlarni yaratish, balki ular bilan bevosita muloqot qilish, zamonaviy tendensiyalarni kuzatish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashni ham anglatadi.
2026-yilning birinchi yarim yilligida bank xalqaro biznes aloqalarini rivojlantirish, yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli loyihalarni muhokama qilishga qaratilgan qator uchrashuv va tadbirlarda faol ishtirok etdi.
Xitoyning 14 ta yetakchi kompaniyasi vakillaridan iborat ShHT kompaniyalari delegatsiyasi va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi uchrashuvlar doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan sakkizta yo‘nalish taqdim etildi.
Octobank uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator memorandumlarni imzoladi. 16–18-iyun kunlari bank 102 mamlakatdan 9 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi.
Forum doirasida Proparco, StoneX, Nuqi Wealth va Priorbank kabi xalqaro moliya institutlari va kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari, moliya sektorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi va tajriba almashildi.
Shu bilan birga, 2026-yilning birinchi yarmida Octobank vakillari qator nufuzli xalqaro moliyaviy forumlarda, jumladan Tashkent International Investment Forum (TIIF), City Week (London) hamda Osiyo taraqqiyot banki (ADB) forumida ishtirok etib, bankni xalqaro hamkorlar oldida munosib namoyon qildi va uning global moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlashga hissa qo‘shdi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha bank StoneX Financial Ltd (London) bilan hamkorlik to‘g‘risida bosh kelishuvni imzoladi hamda Euroclear tizimida kastodial hisobvaraq ochish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.
Shuningdek, Intesa Sanpaolo va Bendura Bank bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish tashabbusi boshlandi.
Shu bilan birga, Octobank 19–20-may kunlari o‘tkazilgan va mintaqaning eng yirik fintech platformalaridan biri hisoblangan PLUS Forum Digital Uzbekistan 2026 da titul homiy sifatida ishtirok etdi.
Bank 23–24-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekistondagi birinchi shahar kriptofestivali — Bitcoin Pizza Fest, 20–22-mart kunlari “Navro‘z” etnoparkida 20 mingdan ortiq mehmonni birlashtirgan “Navro‘z — 3 karra mazaliroq!” festivali hamda 27–28-iyun kunlari poytaxt aholisini bir maydonda jamlagan Summer Fest 2026 yozgi festivalini qo‘llab-quvvatladi.
Octobank jamiyatning turli qatlamlariga yaqin bo‘lish va ular bilan bevosita muloqotni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratdi.
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bank Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda ayollarga 1 000 dona gul ulashib, ularni bayram bilan tabrikladi.
Bunday loyihalarda ishtirok etish Octobank uchun mijozlar va jamiyat bilan bevosita muloqot qilish, ularning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish hamda zamonaviy texnologiyalar va yangi imkoniyatlarni kundalik hayotga yanada yaqinlashtirish vositasidir.
Global Money Week doirasida esa bank maktab o‘quvchilariga moliyaviy savodxonlikning asosiy tamoyillari, mablag‘larni oqilona jamg‘arish, investitsiya qilish va to‘g‘ri sarflash bo‘yicha bilimlar ulashdi.
Octobank — 25 yillik rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari
2026-yilning birinchi yarim yilligida Octobank uchun eng muhim voqealardan biri bank tashkil etilganining 25 yilligi bo‘ldi.
23-iyun kuni Octobank o‘z faoliyatining chorak asrlik marrasini qarshi oldi. Ushbu muhim sana bankning ko‘p yillik rivojlanish yo‘li, izchil o‘sishi va transformatsiyasini o‘zida aks ettiradi.
Chorak asr davomida Octobank moliyaviy institutdan mamlakat raqamli bank ekotizimining faol ishtirokchilaridan biriga aylandi. Bu yo‘lda bankning eng katta qadriyati va yutug‘i uning mijozlari, hamkorlari va jamoasi bo‘lib qolmoqda.
Octobank o‘zining 25 yillik yubileyi munosabati bilan bank tarixidagi muhim sanani aks ettiruvchi maxsus kolleksion oltin esdalik tangalarni taqdim etdi. Ular bankning ishonchli hamkorlari va ommaviy axborot vositalari vakillariga esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi.
Undan tashqari Octobank ushbu muhim sanani an’anaviy tantanali tadbirlar bilan emas, balki jamiyat uchun ahamiyatli tashabbus bilan nishonlashga qaror qildi.
SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasi dasturlari ishtirokchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va yoshlar, shuningdek, yangi oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy va madaniy sayohat tashkil etildi.
Bundan tashqari, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun istirohat bog‘ida bayram tashkil etildi.
Octobank uchun yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash bir martalik xayriya tashabbusi emas, balki kelajak avlodning bilimli, sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga hissa qo‘shishga qaratilgan uzoq muddatli ijtimoiy mas’uliyatning muhim qismidir. Bank o‘z faoliyati orqali jamiyat taraqqiyoti avvalo inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalardan boshlanishiga ishonadi.
Muqaddas Ramazon hayiti kunlarida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bemorlari uchun xayriya tashabbusi amalga oshirildi.
May oyida esa markazga zamonaviy elektrokardiograf va qon bosimini nazorat qilish tizimi topshirildi.
Ushbu uskunalar shifokorlarga kichik bemorlarga yanada aniq tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, davolanayotgan bolalarning ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash va ularning ota-onalariga ma’naviy dalda berish maqsadida 300 dona planshetlar sovg‘a qilindi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan esa Octobank kundalik hayotda o‘z mehnati, matonati va shijoati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan ayollarga bag‘ishlangan maxsus ijtimoiy loyihani amalga oshirdi.
Loyiha doirasida qahramonlarga kir yuvish mashinalari va esdalik sovg‘alari topshirildi, shuningdek, ularning mehnat faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim texnik muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashildi.
Octobank uchun ijtimoiy loyihalar — bu nafaqat yordam ko‘rsatish, balki insonlarning hayot sifatini yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni yaratishga qaratilgan uzoq muddatli yondashuvning ajralmas qismidir.
Barqaror rivojlanish va jamiyat oldidagi mas’uliyat
2026-yilda Octobank biznes natijalarini barqaror rivojlanish, ESG tamoyillari va jamiyat oldidagi mas’uliyat bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratdi.
Bank uchun ESG — bu nafaqat strategik yo‘nalish, balki resurslardan mas’uliyatli foydalanish, atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish va jamiyat uchun uzoq muddatli qiymat yaratishga qaratilgan amaliy yondashuvdir.
PLUS Forum Digital Uzbekistan 2026 doirasida Octobank ESG tamoyillariga muvofiq resurslardan samarali foydalanish amaliyotini davom ettirib, uchinchi bor mavjud ko‘rgazma stendidan foydalandi.
Mazkur yondashuv resurslardan oqilona foydalanish bilan bir qatorda, qo‘shimcha imkoniyatlarni jamiyat uchun muhim tashabbuslarga yo‘naltirish imkonini yaratdi.
Octobank uchun moliyaviy savodxonlik nafaqat mablag‘larni boshqarish, balki ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilashni ham anglatadi.
Shu jihatdan, resurslardan mas’uliyatli foydalanish natijasida tejalgan mablag‘larni jamiyat manfaatiga xizmat qiladigan loyihalarga yo‘naltirish bankning ESG tamoyillariga sodiqligining amaliy ifodasidir.
2026-yilning birinchi yarim yilligida erishilgan natijalar Octobankning moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, zamonaviy mahsulotlarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish va jamiyat uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan strategiyasini izchil amalga oshirayotganini ko‘rsatadi.
Hamkorlik asosida
