Bir yilda elektromobillar importi qariyb 3 barobarga oshdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga qiymati 778 mln dollar bo‘lgan 53 808 ta yengil avtomobil import qilindi.
Bunda bir dona yengil avtomobilning o‘rtacha import narxi 14 462 dollarni (o‘tgan yilning mos davrida 17 372 dollar) tashkil etgan.

Manba: Bojxona qo‘mitasi
Yarim yilda import qilingan yengil avtomobillarning 70 foizi yoki 37 874 donasi elektromobillar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida 14 351 dona elektromobil import qilingan edi.
Bu esa so‘nggi bir yilda elektromobillar importi 2,6 barobarga oshganini ko‘rsatadi.
Har bir elektromobilning o‘rtacha import narxi esa 11 822 dollarni (o‘tgan yilning mos davrida 15 386 dollar) tashkil etgan.
Joriy yarim yillikda gibrid avtomobillar importida ham sezilarli o‘sish kuzatildi.
2025-yilning birinchi yarmida 1 661 ta gibrid avtomobil import qilingan bo‘lsa, joriy davrda bu ko‘rsatkich qariyb 4 barobarga oshib, 6 531 taga yetgan.
Benzinda harakatlanuvchi yengil avtomobillar importida esa sezilarli o‘zgarish bo‘lmagan.
Biroq 2024-yilning birinchi yarmi bilan taqqoslaganda benzinda harakatlanuvchi yengil avtomobillar importi 2 barobardan ko‘proqqa kamaygan.
