Tamaki biznesi bilan shug‘ullanuvchi UzBat kompaniyasi bir yilda 112 mln dollar sof foyda oldi

21.07.2026 07:07
O'zbekchaРусский
Tamaki biznesi bilan shug‘ullanuvchi UzBat kompaniyasi 2025-yilda 1 trln 404 mlrd so‘m (112 mln dollar) sof foyda oldi. Taqqoslash uchun, kompaniya 2024-yilda 1 trln 409 mlrd so‘m (5 mlrd so‘mga ko‘proq) sof foyda ko‘rgan edi.
Tamaki biznesi bilan shug‘ullanuvchi UzBat kompaniyasi bir yilda 112 mln dollar sof foyda oldi

Foto: UzBat

Tamaki biznesi bilan shug‘ullanuvchi UzBat kompaniyasi 2025-yil uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, kompaniya yilni 1 trln 404 mlrd so‘m (112 mln dollar) sof foyda bilan yakunlagan.

Taqqoslash uchun, kompaniya 2024-yilda 1 trln 409 mlrd so‘m (5 mlrd so‘mga ko‘proq) sof foyda ko‘rgan edi.

Infografika: tanga.uz

Sof foyda kamayganiga qaramay, kompaniyaning asosiy faoliyatidagi moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshilangan.

Xususan, kompaniya daromadi 256 mlrd so‘mga yoki 7,3 foizga oshib, 3 trln 775 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Kompaniya daromadining 1,38 trln so‘mi mahsulot va xizmatlar tannarxiga to‘g‘ri keladi.

Daromadlar o‘sishi bilan birga xarajatlar ham ortgan. Jumladan, sotish xarajatlari 9,6 foizga ko‘payib, 451,7 mlrd so‘mga yetgan.

Shuningdek, ma’muriy xarajatlar 16,8 foizga oshib, 161,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Boshqa operatsion xarajatlar esa, aksincha, 4,3 foizga kamayib, 128,6 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Hisobot yilida kompaniya valyuta kursi farqidan 23,8 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu yo‘nalishda 6,7 mlrd so‘m foyda olingan edi.

Kompaniya hisobot yili uchun 268 mlrd so‘m foyda solig‘i (2024-yilda 224 mlrd so‘m) to‘lagan.

Ma’lumot uchun, UzBAT (British American Tobacco Uzbekistan) — O‘zbekistondagi eng yirik tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biridir.

#UzBAT#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan