TBC Uzbekistan dunyoning eng yaxshi fintex kompaniyalaridan biri deb topildi

21.07.2026 08:43
O'zbekchaРусский
London fond birjasida ro‘yxatga olingan TBC Bank Group tarkibiga kiruvchi TBC Uzbekistan raqamli moliyaviy ekotizimi CNBC va Statista tomonidan ketma-ket ikkinchi yil neobanking yo‘nalishida dunyoning eng yaxshi fintex kompaniyalaridan biri deb topildi.
TBC Uzbekistan dunyoning eng yaxshi fintex kompaniyalaridan biri deb topildi

Foto: TBC Uzbekistan

CNBC va Statista tomonidan tuzilgan global ro‘yxat fintex sohasidagi eng nufuzli baholashlardan biri hisoblanadi.

Baholash biznesning moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlari, jumladan, daromad, rentabellik, kredit va depozit portfellarining o‘sishi, tranzaksiyalar hajmi hamda bozor ulushi asosida amalga oshiriladi.

Foto: TBC Uzbekistan

2020-yilda ishga tushirilgan TBC Uzbekistan bugungi kunga kelib 6 milliondan ortiq oylik faol foydalanuvchini birlashtirgan.

Ekotizim mamlakatdagi eng yirik 10 ta chakana bank qatoridan o‘rin olgan, to‘lovlar bozorining 20 foizdan ortig‘ini egallagan va iste’mol kreditlari segmentida yetakchilik qilmoqda.

Ekotizim biznes yo‘nalishida ham faol rivojlanmoqda. 2024-yil dekabr oyida ishga tushirilgan TBC Biznes platformasi qisqa vaqt ichida 67 mingdan ortiq mijozni jalb qildi.

Hozirda biznes kreditlarning umumiy kredit portfelidagi ulushi 18 foizga yetgan.

TBC Uzbekistan rahbari Nika Kurdianining ta’kidlashicha, kompaniyaning ketma-ket ikkinchi yil ushbu reytingdan o‘rin olishi nafaqat TBC Uzbekistan, balki O‘zbekistonning global fintex bozoridagi mavqei mustahkamlanib borayotganini ham ko‘rsatadi.

2025-yilda ushbu reytingdan o‘rin olgan O‘zbekistondagi ilk kompaniyaga aylangan edik. Bu yil esa ushbu natijani yana bir bor tasdiqladik. O‘tgan yil davomida TBC Biznes yo‘nalishini faol rivojlantirdik, sun’iy intellekt asosidagi yangi yechimlarni joriy etdik va mijozlar tajribasini yangi bosqichga olib chiqdik. CNBC va Statista tomonidan bu ishlarimizning e’tirof etilgani biz uchun katta ahamiyatga ega — dedi Nika Kurdiani.

So‘nggi bir yil davomida TBC Uzbekistan TBC Biznes xizmatlarini sezilarli darajada kengaytirdi, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishni davom ettirdi.

Yaqinda o‘zbek tilidagi katta til modeli (LLM) asosida yaratilgan Markaziy Osiyodagi ilk bank sun’iy intellekt yordamchisi — Lola ishga tushirildi.

Hamkorlik asosida

#TBC_Uzbekistan#cnbc

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan