Prezident Markaziy bank va davlat banklari rahbarlari faoliyatiga qat’iy e’tiroz bildirdi

21.07.2026 10:23
O'zbekchaРусский
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy o‘sish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida banklarning mahallalardagi faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini bildirib, Markaziy bankning hududiy rahbarlari va davlat banklari filiallari boshliqlari ishiga qat’iy e’tiroz bildirdi.
Prezident Markaziy bank va davlat banklari rahbarlari faoliyatiga qat’iy e’tiroz bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning birinchi yarmi yakunlari hamda yil oxirigacha mo‘ljallangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda davlat rahbari banklarning mahallalardagi faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini bildirib, Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari hamda davlat banklari filiallari boshliqlarining faoliyatiga qat’iy e’tiroz bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yil viloyat va tuman banklari hamda mahalla uyushmalari uchun sinov va amaliy attestatsiya yili bo‘ladi.

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, keyingi uch oy ichida aniq natija ko‘rsatgan rahbarlar o‘z lavozimida qoladi, faoliyatida o‘zgarish qilmaganlar esa lavozimidan ozod etiladi.

Shuningdek, Bosh prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahallada qanday ishlar amalga oshirilayotgani va qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

#prezident#banklar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan