Octobank ipoteka va avtokreditlash xizmatlarini ishga tushirdi

22.07.2026 09:17
O'zbekchaРусский
Octobank jismoniy shaxslar uchun ipoteka va avtokreditlash dasturlarini ishga tushirdi. Endi bank orqali qulay shartlarda uy-joy, shuningdek, yangi va ikkilamchi bozordagi avtomobillarni xarid qilish uchun kredit rasmiylashtirish mumkin.
Octobank ipoteka va avtokreditlash xizmatlarini ishga tushirdi

Foto: Octobank

Bank matbuot xizmatining ta’kidlashicha, yangi kredit mahsulotlari mijozlarning asosiy moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ularga uy-joy va avtomobil xaridini yanada qulay shartlarda moliyalashtirish imkonini beradi.

Ipoteka krediti

Octobank ipoteka krediti yordamida yangi qurilgan uylardan xonadon, ikkilamchi bozordagi uy-joylar, shuningdek, qurilish uchun yer uchastkasini sotib olish mumkin.

Asosiy shartlar

  • Kredit muddati — 10 yilgacha
  • Boshlang‘ich to‘lov — 20 foizdan boshlab

Foiz stavkasi

  • yillik 22% — boshlang‘ich to‘lov 20–49% bo‘lganda
  • yillik 20% — boshlang‘ich to‘lov 50% va undan yuqori bo‘lganda

Aksiya taklifi

2026-yil 31-dekabrgacha Octobank ish haqi loyihasi ishtirokchilari hamda bankning korporativ mijozlari xodimlari uchun ipoteka krediti yillik 18 foiz stavkadan boshlanadi.

Aksiyaning batafsil shartlari bankning rasmiy saytida keltirilgan. Ipoteka krediti uchun ushbu havola orqali onlayn ariza qoldirish mumkin.

Avtokreditlar

Octobank ikkita avtokredit dasturini taklif etmoqda: “Avtokredit 1.0” (O‘zbekistondagi rasmiy dilerlardan yangi avtomobillar uchun) hamda “Avtokredit 2.0” (ikkilamchi bozordagi avtomobillar uchun).

Umumiy shartlar

  • Kredit muddati — 60 oygacha 
  • Foiz stavkasi — yillik 24% 
  • Octobank ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun — yillik 21% 
  • Kredit miqdori — cheklanmagan 
  • Imtiyozli davr — 1 oy 
  • Kredit so‘mda ajratiladi 
  • To‘lov usuli — annuitet yoki differensial

Asosiy shartlar (Avtokredit 1.0)

  • Boshlang‘ich to‘lov — 25 foizdan boshlab
  • Moliyalashtirish — avtomobil qiymatining 75 foizigacha
  • Ariza qoldirish

Asosiy shartlar (Avtokredit 2.0)

  • Boshlang‘ich to‘lov — 40 foizdan boshlab
  • Moliyalashtirish — avtomobil qiymatining 60 foizigacha
  • Ariza qoldirish

Kredit shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olish va sizga mos kredit dasturini tanlashda bankning mutaxassislari yordam beradi.

Murojaat uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling:

  • +998 71 202 33 33 (ichki raqamlar: 1138, 1165, 1157, 1158)
  • +998 94 655 00 57
  • +998 93 587 52 25
  • +998 97 771 73 88

Hamkorlik asosida

#Octobank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan