Oleksandr Simeyko AVO Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

24.07.2026 10:56
O'zbekchaРусский
Oleksandr Simeyko AVO Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U, shuningdek, bankning risklar bo‘yicha direktori vazifasini ham bajaradi. Simeyko ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida asosan banklarda risklarni boshqarish sohasida ishlagan.
Oleksandr Simeyko AVO Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Oleksandr Simeykoning shaxsiy arxividan

Oleksandr Simeyko AVO Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank Kuzatuv kengashi majlisi bayonnomasidan olingan ko‘chirmada qayd etilgan.

Unga ko‘ra, Oleksandr Simeyko uch yil muddatga bank Boshqaruv a’zosi va Boshqaruv raisining o‘rinbosari etib saylangan.

Mazkur tayinlov Markaziy bank tomonidan ma’qullangach, rasman kuchga kiradi.

Kuzatuv kengashi qarorida qayd etilishicha, Simeyko bankning risklar bo‘yicha direktori vazifasini ham bajaradi. 

Oleksandr Simeyko ushbu tayinlov borasida o‘zining LinkedIn sahifasida post qoldirgan.

Unda u AVO Bank jamoasiga boshqaruv a’zosi va Risklar bo‘yicha direktor sifatida qo‘shilganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, u risklarni boshqarish yo‘nalishini sun’iy intellektga asoslangan hamda rentabellikka yo‘naltirilgan operatsion modelga aylantirishga rahbarlik qilishdan mamnunligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Oleksandr Grigorovich Simeyko mehnat faoliyati davomida asosan banklarda risklarni boshqarish sohasida ishlagan.

U AVO Bank rahbariyatiga tayinlangunga qadar, Solva kompaniyasida Risklar bo‘yicha direktor, Qozog‘istondagi Home Credit Bank, Germaniyadagi Kreditech Holding hamda Ukrainadagi Raiffeisen Bank kabi moliya institutlarida turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

#oleksandr_simeyko#avo_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan