O‘zbekiston banklarining muammoli kreditlari yarim yilda qariyb 5 trln so‘mga ortdi — tahlil

25.07.2026 09:00
O'zbekchaРусский
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston banklarining muammoli kreditlari 4 trln 887 mlrd so‘mga ortib, 22 trln 943 mlrd so‘mga yetdi. Kredit portfeli esa yarim yil ichida 38 trln 807 mlrd so‘mga ko‘payib, 642 trln 810 mlrd so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekiston banklarining muammoli kreditlari yarim yilda qariyb 5 trln so‘mga ortdi — tahlil

Foto: Bankers.uz

Yarim yil ichida banklarning muammoli kreditlari qariyb 5 trln so‘mga ortdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarining kredit portfeli 642 trln 810 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 22 trln 943 mlrd so‘mi yoki 3,6 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Markaziy bank

Yarim yil ichida banklarning kredit portfeli 38 trln 807 mlrd so‘mga ortgan bo‘lsa, muammoli kreditlar 4 trln 887 mlrd so‘mga ko‘paygan.

Davlat banklari

1-iyul holatiga ko‘ra, davlat banklarining kredit portfeli 422 trln 259 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 16 trln 446 mlrd so‘mi yoki 3,9 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yarim yil davomida davlat banklarining kredit portfeli 17 trln 790 mlrd so‘mga ortgan. Muammoli kreditlar esa bu vaqt ichida 3 trln 612 mlrd so‘mga ko‘paygan.

Bu joriy yarim yillikda shakllangan jami muammoli kreditlarning 74 foizi deganidir.

Ushbu davrda davlat banklari orasida Mikrokreditbank (+902 mlrd so‘m), Xalq Banki (+501 mlrd so‘m), Agrobank (+493 mlrd so‘m) hamda Asakabank (+372 mlrd so‘m) muammoli kreditlar eng ko‘p oshgan.

Shuningdek, BRB (+376 mlrd so‘m), SQB (+344 mlrd so‘m), Aloqabank (+304 mlrd so‘m), O‘zmilliybank (+220 mlrd so‘m) va Turonbank (+99 mlrd so‘m)ning ham muammoli kreditlari ko‘paygan.

Yarim yillikda davlat banklari ichida faqat SQB (-3 trln 946 mlrd so‘m) hamda Asakabank (-1 trln so‘m)ning kredit portfeli qisqargan.

Boshqa banklar

1-iyul holatiga ko‘ra, xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning kredit portfeli 220 trln 550 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 6 trln 497 mlrd so‘mi yoki 2,9 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2026-yilning birinchi yarmida ularning kredit portfeli 21 trln so‘mga ortgan. Muammoli kreditlari esa 1 trln 276 mlrd so‘mga ko‘paygan.

Yarim yil ichida TBC Bank (+418 mlrd so‘m), Anorbank (+421 mlrd so‘m), Ipak Yuli Bank (+225 mlrd so‘m), Orient Finans Bank (+203 mlrd so‘m) hamda Hamkorbank (+160 mlrd so‘m)ning muammoli kreditlari sezilarli darajada oshgan.

Ushbu davrda Kapitalbank (-199 mlrd so‘m), Ipoteka-bank (-163 mlrd so‘m) hamda Poytaxt Bank (-32 mlrd so‘m) muammoli kreditlari hajmini kamaytira olgan.

Qolgan xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning muammoli kreditlari hajmida sezilarli o‘zgarish bo‘lmagan.

Kredit portfeli hajmiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu yarim yil ichida TBC Bank (-2 trln 23 mlrd so‘m), Orient Finans Bank (-1 trln 63 mlrd so‘m), Tenge Bank (-175 mlrd so‘m) hamda Saderatbank (-1,7 mlrd so‘m)ning kredit portfeli qisqargan.

Davlat ulushi bo‘lmagan qolgan banklarning kredit portfeli esa ushbu davrda o‘sgan.

#npl

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan