Uzum kompaniyasi umumiy qiymati 600 mlrd so‘m bo‘lgan obligatsiyalarni muomalaga chiqardi.
Bu kompaniyaning rekord darajadagi korporativ obligatsiya emissiyasi hisoblanadi.
Mazkur obligatsiyalar Toshkent fond birjasida ro‘yxatga olingan bo‘lib, savdolar 27-iyuldan boshlangan.

Foto: Toshkent fond birjasi
Emissiya shartlariga ko‘ra, har bir obligatsiyaning nominal qiymati 10 mln so‘mni, ularning umumiy soni esa 60 mingtani tashkil etadi.
Obligatsiyalar bo‘yicha yillik kupon stavkasi 18 foiz etib belgilangan. Kupon to‘lovlari har 90 kunda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Obligatsiyalarning muomalada bo‘lish muddati 1080 kunni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Uzum ekotizimi bundan avval umumiy qiymati 500 mlrd so‘mlik obligatsiyalarni muomalaga chiqargan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Uzum ekotizimi o‘zining ilk korporativ obligatsiya emissiyasini 2025-yilning mart oyida amalga oshirgan.
O‘shanda har bir obligatsiyaning kupon stavkasi 25 foiz etib belgilangandi.
