Yevropa Ittifoqi 14-sanksiyalar paketi doirasida Zolotaya Korona operatoriga aloqador tashkilotni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.
Shundan so‘ng O‘zbekistondagi qator banklar mazkur tizim orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini vaqtincha to‘xtata boshladi.
Dastlab Asakabank hamda Agrobank Zolotaya Korona orqali pul o‘tkazmalari vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Maqola yozilayotgan vaqtda quyidagi 11 ta bank mazkur tizim orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini vaqtincha to‘xtatganini e’lon qilgan.
Ayrim banklar o‘z xabarida Zolotaya Korona orqali to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatilganini texnik ishlar bilan izohlagan.
Ular xizmat xizmati qayta tiklangach, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan.
Biroq cheklovlarni Yevropa Ittifoqi sanksiyalari bilan bevosita bog‘lamagan va texnik ishlar qachon yakunlanishiga aniqlik kiritmagan.
Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi Zolotaya Korona operatoriga aloqador tashkilotni 23-iyun kuni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi.
Oradan bir kun o‘tib, 25-iyun kuni Asakabank hamda Agrobank ushbu tizim orqali to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi.
InFinBank hamda MKBANK esa 26-iyun kuni to‘xtatilganini e’lon qildi. Qolgan 7 ta bank 28-iyun kuni tizim faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi sanksiyalari bevosita Zolotaya Korona to‘lov tizimiga emas, balki uning operatori va hisob-kitob markazi bo‘lgan “Платёжный центр”ga nisbatan joriy etilgan.
Shunga qaramay, sanksiya xatarlarining oldini olish va komplayens talablariga rioya qilish maqsadida davlat banklari mazkur tizim bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2025-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari orqali 17,2 mlrd dollar kelib tushgan.
Shuning 8,9 mlrd dollari yoki 52 foizi an’anaviy xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bank kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilgan P2P o‘tkazmalarining ulushi esa 8,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Ushbu kanal orqali kelib tushgan mablag‘lar bir yil davomida 1,4 barobarga ko‘paygan.
