2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 1,2 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatdi.
Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan qariyb 2 baravar ko‘pdir. Ushbu davrda mazkur kompaniyalar ko‘rsatgan xizmatlari uchun 143,8 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Infografika: Soliq qo‘mitasi
Ko‘rsatilgan xizmatlarning 800 mlrd so‘mi yoki 67 foizi Apple, Google hamda Meta kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Keyingi o‘rinni videoo‘yinlar va onlayn o‘yin platformalari xizmatlarini taqdim etuvchi Valve Corporation band qilgan.
Ikkinchi chorakda Claude chatbotini boshqaruvchi Anthropic kompaniyasi OpenAI (ChatGPT) kompaniyasidan o‘zib ketdi.
E’tiborlisi, Anthropic 2025-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p xizmat ko‘rsatgan xorijiy elektron kompaniyalar qatorida bo‘lmagan. 2026-yilga kelib esa kompaniya xizmatlaridan foydalanuvchi o‘zbekistonliklar soni keskin oshdi.
Kompaniya birinchi chorakda O‘zbekistonda 12,6 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi chorakda bu ko‘rsatkich 3,2 barobarga oshib, umumiy yarim yillik hajm 53 mlrd so‘mga yetdi.
Kompaniya yarim yil uchun jami 6,34 mlrd so‘m soliq to‘lagan. OpenAI kompaniyasi esa undan 6,2 mlrd so‘mga kamroq, ya’ni 46,8 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatgan.
