Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, kombinat ushbu davrni 8 trln 692 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunlagan.
Bu o‘tgan yilning mos davridagi 4 trln 493 mlrd so‘mlik sof foydadan 4 trln 199 mlrd so‘mga yoki qariyb ikki baravar ko‘pdir.
Kombinatning sof tushumi 30 trln 187 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga o‘sgan.

Infografika: tanga.uz
Sotilgan mahsulotlar tannarxi esa hisobot davrida 9 trln 457 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining daromadi oshishi bilan bir qatorda xarajatlari ham ortgan.
Jumladan, sotish xarajatlari 64 foizga oshib, 57 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, ma’muriy xarajatlar 21 foizga o‘sib, 265 mlrd so‘mga yetgan bo‘lsa, boshqa operatsion xarajatlar 36 foizga ko‘payib, 4 trln 693 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Yarim yillikda kombinatning asosiy faoliyatidan ko‘rgan foydasi 15 trln 828 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davridagi 9 trln 667 mlrd so‘mlik ko‘rsatkichdan 64 foizga ko‘pdir.
Hisobot davrida kombinatning yakuniy moliyaviy natijasiga asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar ham ta’sir ko‘rsatgan.
Xususan, moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar 2 trln 495 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishdagi xarajatlar 3 trln 023 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.
Natijada moliyaviy faoliyat yakunlari bo‘yicha 528 mlrd so‘mlik salbiy natija qayd etilgan. Solishtirish uchun, o‘tgan yilning mos davrida ushbu salbiy natija 1 trln 653 mlrd so‘mni tashkil etgandi.
Hisobot davri uchun kombinat 6 trln 607 mlrd so‘m foyda solig‘i to‘lagan. Bu o‘tgan yilning mos davrida to‘langan miqdordan 3 trln so‘mga yoki 88 foizga ko‘pdir.
