Biroq alohida sayt yoki mobil ilova yaratish ko‘pincha vaqt, mablag‘ va qo‘shimcha resurslarni talab etadi.
Click MiniApp esa bizneslarga o‘z xizmatlarini Click SuperApp ichida ishga tushirish imkoniyatini bermoqda.
MiniApp nima?
MiniApp — bu Click SuperApp ichida ishlaydigan raqamli servisdir. U orqali foydalanuvchi alohida ilova yuklab olmasdan yoki boshqa platformaga o‘tmasdan turib, mahsulot yoxud xizmatlarni tanlashi, buyurtma berishi va to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Ya’ni mijoz uchun xarid jarayoni soddalashadi: kerakli xizmatni topishdan tortib to‘lov qilishgacha bo‘lgan barcha bosqich Click ilovasining o‘zida amalga oshiriladi.
Biznes uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?
MiniApp kompaniyalarga yana bir savdo kanalini ochish imkonini beradi. U orqali biznes o‘z mahsulot va xizmatlarini onlayn taqdim etishi, buyurtmalarni qabul qilishi mumkin.
Shuningdek, to‘lovlarni yo‘lga qo‘yishi va mijozlar bilan ishlash jarayonini soddalashtira oladi.
MiniApp, sayt va mobil ilova o‘rtasidagi farq
Sayt va mobil ilova kabi MiniApp ham foydalanuvchiga mahsulot tanlash, buyurtma berish va to‘lov qilish imkonini beradi.
Asosiy farqi shundaki, MiniApp Click SuperApp ichida ishlaydi. Bu esa foydalanuvchi uchun xarid jarayonini qisqartiradi. Sayt yaratish uchun uni ishlab chiqish, joylashtirish va to‘lov tizimini ulash kerak bo‘ladi.
Mobil ilova esa ishlab chiqishdan tashqari, ilovalar do‘konlariga joylashtirishni va muntazam yangilab turishni talab qiladi. MiniApp esa mavjud platforma orqali biznesga tezroq ish boshlash imkonini beradi.
MiniApp qanday ishga tushiriladi?
Click MiniApp’ni ishga tushirish jarayoni bir necha bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda biznes vakili miniapps.click.uz platformasi orqali ariza qoldiradi.
Shundan so‘ng, Click mutaxassislari loyiha tafsilotlarini o‘rganib chiqib, keyingi jarayonlarni tushuntiradi. Keyingi bosqichda loyiha Click MiniApps platformasiga qo‘shiladi.
Unda servis nomi, tavsifi, ikonka, havola va zarur integratsiyalar sozlanadi. Shundan so‘ng loyiha texnik, tijoriy va huquqiy jihatdan tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Barcha talablar bajarilgach, Click bilan shartnoma tuziladi va MiniApp Click SuperApp’da ishga tushiriladi.
Sayt bo‘lmasa ham MiniApp yaratish mumkin
Agar biznesda tayyor sayt yoki veb-ilova mavjud bo‘lmasa, Click Vitrina konstruktori yordamida MiniApp yaratish mumkin.
U orqali mahsulotlar katalogini tuzish, buyurtma berish, to‘lov qabul qilish va buyurtmalar holatini kuzatib borish kabi imkoniyatlarni qo‘shish mumkin.
MiniApp’ni rivojlantirish imkoniyatlari
Tayyor MiniApp uchun maxsus havola yaratiladi. Ushbu havolani ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram kanallarida yoki kompaniyaning boshqa platformalarida ulashish mumkin.
Hozirda Click platformasida Bellissimo Pizza, MaxWay, MediaPark, ioka, FlyEsim va boshqa kompaniyalarning MiniApp’lari ishlab turibdi.
Yangi MiniApp’lar uchun 0 foizlik komissiya
Click 2026-yil 3-iyuldan yil oxirigacha yangi MiniApp’larni ishga tushirayotgan bizneslar uchun maxsus aksiya e’lon qildi.
Aksiya doirasida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.
MiniApp ishga tushirilgan kundan boshlab dastlabki 3 oy davomida oyiga 100 mln so‘mgacha bo‘lgan aylanma uchun Click komissiyasi 0 foizni tashkil etadi.
Click MiniApp bizneslarga raqamli savdoni kengaytirish, mijozlar uchun qulay xarid tajribasini yaratish va yangi savdo kanalini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Hamkorlik asosida
