2026-yilning iyul oyida O‘zbekistonda oltin quymalari narxlarida deyarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Oy davomida eng yuqori narx 1-iyul kuni qayd etilib, 1 gramm quyma uchun 1 mln 848 ming so‘mni tashkil etdi.

01.07.2026 / Manba: Markaziy bank
Ertasi kuni narxlar 0,5 foizga pasayib, 1 gramm quyma 1 mln 838 ming so‘mga tushdi. Keyingi kunlarda esa narxlar o‘zgarish bo‘lmadi.
30-iyul kuni 1 gramm quyma narxi 1 mln 837 ming so‘mni tashkil etib, oyning eng past ko‘rsatkichi qayd etildi.
.png)
30.07.2026 / Manba: Markaziy bank
Oyning oxirgi kuni — 31-sanada ham narxlarda sezilarli o‘zgarish bo‘lmadi.
.png)
31.07.2026 / Manba: Markaziy bank
Shunday qilib, oy davomida oltin quymaning eng yuqori va eng past narxlari o‘rtasidagi farq 0,6 foizni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, 2026-yil 3-mart kuni 1 gramm oltin quymasi narxi 2 mln 173 ming so‘mni tashkil etib, rekord qayd etilgandi.

03.03.2026 / Manba: Markaziy bank
Undan keyingi davrda narxlar bir maromda pasayib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, @tangauz_news Telegram kanalida oltin quymalari narxlarining kunlik o‘zgarishi e’lon qilib boriladi.
