Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 19-avgust kuni uchun dollar kursini 11 820,40 so‘m etib belgiladi.
Bu oxirgi uch yilda, aniqrog‘i, 2023-yil 10-avgustdan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Bunda rasmiy kurs ketma-ket to‘rt ish kuni davomida pasayib, shu muddat ichida 128 so‘mga arzonladi.

Infografika: tanga.uz
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning 19-avgustida 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 12 497,19 so‘mni tashkil etgandi. Bu bir yil ichida rasmiy kursning 677 so‘mga pasayganini ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda rasmiy kursning eng yuqori qiymati 10-fevralga to‘g‘ri kelib, o‘shanda 12 320,34 so‘mni tashkil qilgandi.
