O‘zbekistonning davlat qarzi yarim yilda 1,5 mlrd dollarga ortdi — tahlil

25.08.2026 14:55
O'zbekchaРусский
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 48 mlrd 315 mln dollarni tashkil etdi. Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning davlat qarzi 1 mlrd 464 mln dollarga ortgan.
O‘zbekistonning davlat qarzi yarim yilda 1,5 mlrd dollarga ortdi — tahlil

Foto: Getty Images

O‘zbekistonning davlat qarzi yarim yilda 1,5 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumot berdi.

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatning davlat qarzi 48 mlrd 315 mln dollarni tashkil etmoqda.

Shundan 40 mlrd 711 mln dollari (84 foizi) tashqi qarz, 7 mlrd 604 mln dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

Infografika: tanga.uz

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning davlat qarzi 1 mlrd 464 mln dollarga ortgan.

Mazkur o‘sishning 890 mln dollari tashqi, qolgan 574 mln dollari esa ichki manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qarz miqdori ortib borayotgan bo‘lsa-da, uning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbati qisqarmoqda.

2025-yil yakunida mamlakat davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 31,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, oradan yarim yil o‘tib, bu ko‘rsatkich 27 foizni tashkil etgan.

Tashqi qarz kimlardan olingan?

  • Davlat tashqi qarzi, jami — 40 mlrd 711 mln dollar

Xalqaro moliya institutlari — 22 mlrd 481 mln dollar

  • Osiyo taraqqiyot banki — 8 mlrd 177 mln dollar
  • Jahon banki — 9 mlrd 123 mln dollar
  • Islom taraqqiyot banki — 1 mlrd 197 mln dollar
  • Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki — 2 mlrd 317 mln dollar
  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi — 608 mln dollar
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — 478 mln dollar
  • Boshqa XMIlar (Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, “OPEK” jamg‘armasi va YEIB) — 580 mln dollar

Xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari — 11 mlrd 453 mln dollar

  • Xitoy taraqqiyot davlat banki, Xitoy Eksimbanki va boshqalar — 3 mlrd 886 mln dollar
  • Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqalar — 3 mlrd 91 mln dollar
  • Koreya Eksimbanki, Koreya iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi va boshqalar — 693 mln dollar
  • Fransiya taraqqiyot agentligi va boshqalar — 1 mlrd 305 mln dollar
  • Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi — 138 mln dollar
  • Germaniya davlat banki — 725 mln dollar
  • Ispaniya davlat banki — 71 mln dollar
  • Turkiya Eksimbanki — 27 mln dollar
  • Boshqalar — 1 mlrd 517 mln dollar

Investorlar — 6 mlrd 777 mln dollar

  • Xalqaro obligatsiyalar — 6 mlrd 777 mln dollar

Tashqi qarz nimalarga sarflangan?

  • Davlat tashqi qarzi, jami — 40 mlrd 711 mln dollar (100%)

Budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun — 20 mlrd 526 mln dollar (50%)

Yoqilg‘i-energetika sanoati — 5 mlrd 467 mln dollar (13%)

  • Neft va gaz — 1 mlrd 191 mln dollar (3%)
  • Elektroenergetika — 4 mlrd 209 mln dollar (10%)
  • Ko‘mir sanoati — 67 mln dollar (0%)

Transport va transport infratuzilmasi — 3 mlrd 57 mln dollar (8%)

  • Temir yo‘llar — 1 mlrd 392 mln dollar (3%)
  • Avtomobil yo‘llari — 1 mlrd 425 mln dollar (4%)
  • Havo transporti — 240 mln dollar (1%)

Qishloq va suv xo‘jaligi — 3 mlrd 336 mln dollar (8%)

  • Qishloq xo‘jaligi — 2 mlrd 481 mln dollar (6%)
  • Suv xo‘jaligi — 855 mln dollar (2%)

Uy-joy kommunal xo‘jaligi — 3 mlrd 376 mln dollar (8%)

  • Uy-joy qurilishi — 1 mlrd 152 mln dollar (3%)
  • Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya — 1 mlrd 174 mln dollar (3%)
  • Shahar va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash — 853 mln dollar (2%)
  • Chiqindilarni qayta ishlash — 92 mln dollar (0%)
  • Issiqlik ta’minoti — 104 mln dollar (0%)

Tadbirkorlik faoliyati va sanoat ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash — 624 mln dollar (2%)

Kimyo sanoati — 605 mln dollar (1%)

Sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari hamda boshqa sektorlar — 3 mlrd 717 mln dollar (9%)

#davlat_qarzi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan