ANORBANK islomiy moliya sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda

02.09.2026 17:37
O'zbekchaРусский
ANORBANK Toshkentda o‘tkazilgan Silk Road Finance & Technology Forum doirasida islomiy moliya institutlarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilot — CIBAFI delegatsiyasi bilan uchrashdi. Tomonlar xalqaro tajriba, zamonaviy amaliyotlar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
ANORBANK islomiy moliya sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda

Foto: ANORBANK

24–26-avgust kunlari Toshkent shahrida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Global Finance & Technology Network (GFTN) hamkorligida tashkil etilgan Silk Road Finance & Technology Forum bo‘lib o‘tdi.

Forumning muhim tadbirlaridan biri islomiy moliyani rivojlantirish va moliya sektori uchun yangi imkoniyatlarga bag‘ishlangan Islamic Finance Day bo‘ldi.

Foto: ANORBANK

Forum doirasida ANORBANK islomiy moliya institutlari va soha ekspertlarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilot — CIBAFI delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga CIBAFI Bosh kotibi Hamza Bavazir boshchilik qildi.

Hamza Bavazir / Foto: ANORBANK

Uchrashuv davomida ANORBANK islomiy moliyani rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etdi hamda CIBAFI vakillari bilan xalqaro tajriba, zamonaviy amaliyotlar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Muhokama qilingan asosiy masalalardan biri ANORBANK’ning CIBAFI’ga a’zo bo‘lish imkoniyati bo‘ldi.

ANORBANK uchun bu xalqaro professional aloqalarni kengaytirish, sohaning yetakchi ekspertizasidan foydalanish va islomiy moliya yo‘nalishida ilg‘or jahon amaliyotlarini joriy etish sari navbatdagi qadamdir.

Biz O‘zbekiston moliya bozori uchun yangi imkoniyatlar ochadigan hamkorliklarni rivojlantirishda davom etamiz — deyiladi bank xabarida.

Hamkorlik asosida

#anorbank#cibafi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan