2026-yilning avgust oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 6,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Taqqoslash uchun, iyul oyida bu ko‘rsatkich 6,4 foizga, o‘tgan yilning mos davrida esa 8,8 foizga teng bo‘lgandi.
Oy davomida meva va sabzavotlar narxlarining o‘zgarishi umumiy inflatsiyani pasaytiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi.
Ularning narxlari o‘zgarishi inobatga olinmasa, bu oyda umumiy inflatsiya darajasi 6,6 foizni tashkil qilgan bo‘lardi.
Biroq transport sohasida yoqilg‘i narxlarining, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishi hisobiga avgust oyida 0,2 foizlik inflatsiya qayd etildi.
Xizmatlar narxida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmagani bois, ularning umumiy inflatsiyaga ta’siri deyarli kuzatilmadi.
Hududlar kesimida qaralganda, bu oyda eng yuqori inflatsiya darajasi poytaxt Toshkent shahrida qayd etilgan.
- Toshkent shahri — (+6,8%)
- Farg‘ona viloyati — (+6,6%)
- Andijon viloyati — (+6,5%)
- Xorazm viloyati — (+6,4%)
- Jizzax viloyati — (+6,3%)
- Qashqadaryo viloyati — (+6,3%)
- Samarqand viloyati — (+6,3%)
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — (+6,2%)
- Navoiy viloyati — (+6,2%)
- Namangan viloyati — (+6,1%)
- Toshkent viloyati — (+6,1%)
- Buxoro viloyati — (+5,7%)
- Surxondaryo viloyati — (+5,7%)
- Sirdaryo viloyati — (+5,2%)
Avgust oyida narxi eng ko‘p oshgan 20 ta oziq-ovqat mahsuloti
- Qovoq — (+17,6%)
- Sabzi — (+9,2%)
- Tarvuz — (+7,5%)
- Piyoz — (+6,2%)
- Turp — (+5,7%)
- Lavlagi — (+1,8%)
- Apelsin — (+1,6%)
- Mandarin — (+1,6%)
- Bodring — (+1,5%)
- Limon — (+1,5%)
- Shaftoli — (+1,4%)
- Pomidor — (+1,1%)
- Grechka — (+1,1%)
- Qovun — (+1,1%)
- Guruch — (+1,1%)
- Ko‘katlar — (+1%)
- Qattiq pishloq — (+0,9%)
- Qiyma go‘sht — (+0,9%)
- Anor — (+0,9%)
- Pivo — (+0,8%)
Avgust oyida narxi eng ko‘p arzonlagan 20 ta oziq-ovqat mahsuloti
- Uzum — (-10,9%)
- Bulg‘or qalampiri — (-9,2%)
- Olma — (-7,2%)
- Nok — (-6,0%)
- Baqlajon — (-5,5%)
- Karam — (-4,9%)
- Kartoshka — (-3,3%)
- Banan — (-2,8%)
- Qo‘ziqorin — (-1,4%)
- Sarimsoq — (-0,7%)
- Shakar — (-0,6%)
- Suli yormasi — (-0,6%)
- Plitka shokolad — (-0,5%)
- Tuzlangan bodring — (-0,4%)
- Xom sut — (-0,4%)
- Tvorogli siroklar — (-0,3%)
- No‘xat — (-0,2%)
- Novvot — (-0,2%)
- Oq qand — (-0,2%)
- Paxta yog‘i — (-0,1%)
Avgust oyida narxi eng ko‘p oshgan va eng ko‘p arzonlagan besh turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari
- AI-98 va AI-100 markali benzin — (+6,7%)
- Avtomobillar uchun propan — (+5,8%)
- AI-95 markali benzin — (+4,9%)
- Hojatxona qog‘ozi — (+1,2%)
- AI-92 markali benzin — (+1,1%)
- Noutbuk — (-0,7%)
- Changyutgichlar — (-0,8%)
- Ovoz va tasvir yozib olish uskunalari — (-0,9%)
- Foydalanilgan avtomobillar — (-1,1%)
- Qo‘l soatlari — (-1,1%)
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank inflyatsiyaning belgilangan 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichiga 2027-yil yakuniga qadar erishishni maqsad qilgan.
