10 yil avvalgi 100 ming so‘mning bugungi kunda xarid qobiliyati qancha?

08.09.2026 09:45
O'zbekchaРусский
O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mning xarid qobiliyati so‘nggi 10 yil ichida qariyb 67 foizga kamaydi. Sodda qilib aytganda, hozir 100 ming so‘mga olinadigan tovar va xizmatlarni 10 yil avval 33 ming so‘mga xarid qilish mumkin bo‘lgan.
10 yil avvalgi 100 ming so‘mning bugungi kunda xarid qobiliyati qancha?

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta.uz

O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mning xarid qobiliyati so‘nggi 10 yil ichida qariyb 67 foizga kamaydi.

Buni Markaziy bankning iste’mol narxlari indeksiga asoslangan inflyatsiya kalkulyatori yordamida hisoblab chiqish mumkin.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2016-yil iyun oyida 100 ming so‘mga teng bo‘lgan iste’mol savati 2026-yil iyuniga kelib 301 149 so‘mni tashkil etgan.


Bu esa so‘nggi 10 yil ichida iste’mol savati narxi 3 baravardan ko‘proqqa oshganini ko‘rsatadi.

2016-yilda 100 ming so‘mga xarid qilish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar uchun 2026-yilda 301 ming so‘m talab etiladi.

Boshqacha aytganda, hozir 100 ming so‘mga olinadigan tovar va xizmatlarni 10 yil avval 33 ming so‘mga xarid qilish mumkin bo‘lgan.

#inflatsiya_kalkulyatori#so'm

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan