Bahodir Mirzayev Octobank boshqaruv a’zolari tarkibiga kiritildi

14.09.2026 11:51
O'zbekchaРусский
2026-yil mart oyidan buyon Octobank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Bahodir Mirzayev ushbu bank boshqaruv a’zolari tarkibiga kiritildi. Ushbu tayinlov uchun Markaziy bankdan tegishli tartibda rozilik olingan.
Bahodir Mirzayev Octobank boshqaruv a’zolari tarkibiga kiritildi

Bahodir Mirzayev / Foto: Linkedin

Octobank boshqaruv raisi o‘rinbosari Bahodir Mirzayev bankning boshqaruv a’zolari tarkibiga kiritildi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Bank Kuzatuv kengashi yig‘ilishi bayonnomasiga ko‘ra, ushbu tayinlov uchun Markaziy bankdan tegishli tartibda rozilik olingan.

Mirzayevning Linkedin sahifasiga ko‘ra, u Octobank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga 2026-yil mart oyida tayinlangan. Endilikda u boshqaruv a’zolari tarkibiga ham kiritildi.

Bahodir Alimovich Mirzayev 1985-yilda tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent davlat texnika universitetining “Marketing” yo‘nalishida bakalavr darajasini olgan.

2009-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Marketing va ishlab chiqarish vositalari savdosi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida, 2009–2017-yillarda O‘zmilliybank tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2017-yil sentyabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Pul-kredit va valyuta siyosati sho‘basida ishlagan.

2023-yil yanvardan Garant Bank boshqaruv raisining o‘rinbosari, 2023-yil noyabrdan esa ushbu bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Joriy yilning fevral oyida Bahodir Mirzayevning Garant Bank boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketgani ma’lum bo‘lgandi.

#bahodir_mirzayev#Octobank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan