Click to‘lov servislar orasida eng ko‘p tanilgan brend bo‘ldi

16.09.2026 15:24
O'zbekchaРусский
Pro Research tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Click to‘lov servislari orasida eng ko‘p tanilgan brend bo‘ldi. O‘zbekistonning 8 ta shahrida o‘tkazilgan tadqiqot Click nafaqat ommabop ekanligini, balki foydalanuvchilar kundalik to‘lovlar va pul o‘tkazmalarida undan faol foydalanishlarini ham ko‘rsatdi.
Click to‘lov servislar orasida eng ko‘p tanilgan brend bo‘ldi

Foto: Click

Tadqiqot: Click respondentlar orasida eng ko‘p tanilgan to‘lov servisi bo‘ldi

Pro Research tadqiqotiga ko‘ra, har uch respondentdan ikki nafari Click’ni biladi va undan kundalik hayotda foydalanadi.

Tadqiqotda O‘zbekistonning sakkiz shahrida yashovchi 16 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan respondentlar qatnashdi. So‘rov 2026-yil 13-maydan 29-iyungacha davom etdi.

Ishtirokchilardan to‘lovlarni qanday amalga oshirishi va kundalik hayotda qaysi servislardan foydalanishi so‘raldi. Yakuniy tahlilga respondentlar eng ko‘p tilga olgan 11 ta to‘lov brendi kiritildi.

To‘lov qilish uchun qaysi servislardan foydalanish mumkinligi so‘ralganda, respondentlarning 66 foizi hech qanday variant ko‘rsatilmasdan Click nomini aytgan. Brendlar ro‘yxati taqdim etilganda esa respondentlarning 73 foizi Click’ni tanigan.

Bundan tashqari, respondentlarning 50,1 foizi Click orqali to‘lov qilish mumkinligini biladi va servisdan kundalik hayotda foydalanadi.

Click’dan turli to‘lovlar uchun foydalaniladi

Foydalanuvchilar Click’dan bir nechta turdagi to‘lov va pul o‘tkazmalari uchun foydalanadi.

Respondentlarning 33,5 foizi Click orqali xaridlarni QR-kod yordamida to‘laydi, 32,6 foizi kartadan kartaga pul o‘tkazadi, 32,4 foizi mobil aloqa va internet, 32,3 foizi esa kommunal xizmatlar uchun to‘lov qiladi.

Tanish brenddan kundalik tanlovgacha

Biz uchun odamlarning Click’ni bilishining o‘zi yakuniy maqsad emas. Muhimi, ular Click’ni nafaqat tanishi, balki amalda tanlab, undan foydalanishi. Shu sababli bunday tadqiqotlar bizga vaziyatni to‘liqroq ko‘rish imkonini beradi: odamlar Click haqida qanday fikrda, undan foydalanadimi, qaysi holatlarda uni tanlaydi va vaqt o‘tishi bilan servis ularning odatiy tanloviga aylanadimi. Biz uchun bu shunchaki natijalarni qayd etish emas. Bu raqamlar ortida nima turganini tushunish va foydalanuvchilarimiz uchun yana nimalarni yaxshilash mumkinligini ko‘rish imkoniyatidir — deydi Click marketing direktori Yuliya Minnulina.

Odamlarning brendni eslab qolishi — kommunikatsiyaning muhim natijalaridan biri. Bu brend e’tiborni jalb qila olgani va xotirada qolganini ko‘rsatadi. Ammo keyingi bosqich undan ham muhim.

Foydalanuvchi ilovani ochadi. Kerakli xizmatni topadi. Birinchi to‘lovini amalga oshiradi. Keyin yana qaytadi. Bir payt kelib esa bir nechta ilova orasidan tanlab o‘tirmaydi — shunchaki o‘zi foydalanishga o‘rganib qolgan ilovani ochadi.

Pro Research tadqiqoti Click foydalanuvchilarining katta qismi bu yo‘lni allaqachon bosib o‘tganini ko‘rsatadi: Click nomini bilishdan boshlab, servisdan muntazam foydalanish va Click SuperApp’ni asosiy to‘lov ilovasi sifatida tanlashgacha.

Oktabr oyida Toshkentda kreativ, reklama va kommunikatsiyalar samaradorligiga bag‘ishlangan Jolbors Festival va TAF!26 bo‘lib o‘tadi.

Click uchun bu kommunikatsiya samaradorligiga faqat brendning qanchalik tanilganligi orqali emas, balki uning foydalanuvchining kundalik tanloviga qanday aylanishi orqali ham qarash imkoniyatidir.

Hamkorlik asosida

#click

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan