Jamshid Xayrullayev Tenge Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

16.09.2026 18:42
O'zbekchaРусский
2025-yil oktyabr oyidan buyon Xalq Banki Strategiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan Jamshid Rahmatboyevich Xayrullayev Tenge Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlov Markaziy bank bilan kelishilgandan so‘ng rasman kuchga kiradi.
Jamshid Xayrullayev Tenge Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Bank-moliya va fintexdagi tayinlovlar / Telegram

Jamshid Rahmatboyevich Xayrullayev Tenge Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Tegishli qaror bank kuzatuv kengashining 15-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan.

Tayinlov Markaziy bank bilan kelishilgandan so‘ng rasman kuchga kiradi. Xayrullayev tayinlovga qadar Xalq Bankining Strategiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Jamshid Xayrullayev 1977-yilda tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent davlat texnika universitetining bakalavriat bosqichini, 2005-yilda Yaponiya xalqaro universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.

Bank tizimidagi mehnat faoliyatini 1998-yilda UzDaewoo Bank (hozirgi KDB Bank Uzbekistan)ning G‘aznachilik bo‘limida mutaxassis lavozimidan boshlagan.

Keyinchalik ushbu bankda turli lavozimlarda, jumladan departament direktori lavozimida ishlagan. 2021-yildan 2023-yilgacha esa Ipoteka-bankda G‘aznachilik departamenti direktori lavozimida ishlagan.

2023-yilning iyun oyidan 2024-yilning iyul oyiga qadar Ipoteka-bank boshqaruv raisining o‘rinbosari – Korporativ boshqaruv bloki rahbari, Boshqaruv a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Jamshid Xayrullayev Xalq Bankining Strategiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

#jamshid_xayrullayev#tenge_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan