O‘zbekistonda bank mijozlarining mablag‘larini raqamli firibgarlikdan himoya qilish uchun session antifrod tizimi joriy etilgan.
Tizim bank operatsiyalarini xavf darajasi bo‘yicha tahlil qiladi va yuqori xavfli deb baholangan operatsiyalarni cheklaydi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida banklarda tizim orqali jami 18 mln 123 mingdan ko‘proq xavfli holat aniqlanib, qariyb 462 mlrd so‘m mablag‘ chiqib ketishining oldi olingan.

Manba: Markaziy bank
Ushbu summaning qariyb 93 foizi uchta bank — Xalq Banki (186,7 mlrd so‘m), TBC Bank (175,5 mlrd so‘m) va Uzum Bank (68,1 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Holatlar soni bo‘yicha ham Xalq Banki 2 mln 221 mingtadan ko‘p holat bilan yetakchi bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlarda Ipak Yuli Bank (1 mln 364 mingta) va Hamkorbank (103 mingta) qayd etilgan.
