Mikrokreditbank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi qariyb 10 foizga yetdi

22.09.2026 16:08
O'zbekchaРусский
Iyul oyida Mikrokreditbank muammoli kreditlari hajmi 486 mlrd so‘mga ko‘payib, 2 trln 282 mlrd so‘mga yetdi. Natijada bank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi 7,9 foizdan 9,9 foizga ko‘tarildi. Bu davlat banklari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Mikrokreditbank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi qariyb 10 foizga yetdi

Foto: Mikrokreditbank

2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Mikrokreditbank kredit portfeli 23 trln 124 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida bankning muammoli kreditlar hajmi 486 mlrd so‘mga ko‘payib, 2 trln 282 mlrd so‘mga yetgan.

Natijada bank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi 9,9 foizni tashkil etgan. Bu davlat banklari ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Infografika: tanga.uz

Solishtirish uchun, yil boshida bankning kredit portfeli 20 trln 278 mlrd so‘m bo‘lgan. Shundan 894 mlrd so‘mi yoki 4,4 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bu joriy yilning dastlabki yetti oyida bankning muammoli kreditlari hajmi 1 trln 388 mlrd so‘mga ortganini ko‘rsatadi.

Bankda muammoli kreditlar hajmining o‘sishi may oyida tezlashib, ushbu oyda 822 mlrd so‘mga ortgan. Natijada kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi 4,4 foizdan 7,9 foizga yetgan.

Bu mavjud 34 ta bank orasida TBC Bank (13,1%) hamda Poytaxt Bankdan (10,5%) keyingi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.

#mikrokreditbank#npl

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan