Lekin bu quvonchli lahzalargacha bo‘lgan yo‘l odatda unchalik ham bayramona kechmaydi. Avtomobilni izlash, turli dilerlar takliflarini solishtirish va rasmiylashtirish jarayonlarini mustaqil o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
Natijada, e’tiboringizni orzungizdagi mashinaga emas, unga aloqasi bo‘lmagan yumushlarga qaratishingizga to‘g‘ri keladi.
Avtomobil xarid qilish yo‘lini tezroq, qulayroq va chinakam zavq bilan bosib o‘tishingiz uchun TBC Bank Uzbekistan ilovasida yangi — TBC Avto xizmati ishga tushirilmoqda.
Avval — avtomobilni tanlaysiz
Agar qaysi rusumdagi mashina kerakligini aniq bilsangiz, TBC Avto‘da muayyan modelni hamyonbop narxda topishingiz mumkin.
Mobodo faqat byudjetingiz aniq bo‘lsa, shu summaga mos keladigan variantlarni ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Shuningdek, ilovada "Premium" yoki "Byudjet" kabi to‘plamlar mavjud.
Xizmat har bir mashinaning avtosalonlarda bor-yo‘qligini va uning asosiy texnik ko‘rsatkichlarini ko‘rsatib beradi. Kerakli variant topilmasa, unga o‘xshash takliflarni jamlab beradi. Siz turli sotuvchilarning variantlarini solishtirib, o‘zingizga mosini tanlaysiz.
Faqat to‘lov usulini tanlash qoladi: o‘z mablag‘ingizga biryo‘la xarid qilish yoki dastlabki badal, muddat hamda oylik to‘lovlarni solishtirgan holda kreditga olish.
Agar avtomobilni kreditga olishni tanlasangiz, TBC Avto‘da dastlabki skoringdan o‘tib, atigi 1 daqiqa ichida javob olasiz. Shundan so‘ng TBC Avto vakili siz bilan bog‘lanadi va keyingi qadamlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Keyin — avtosalonga borasiz
Avtosalonda xaridorni TBC Avto vakili kutib oladi va barcha tashkiliy masalalarni o‘z zimmasiga oladi. U avtomobil jihozlari to‘liqligini tekshirish, hujjatlar va sug‘urta masalalarini hal qilish hamda zarur bo‘lsa, kreditni rasmiylashtirishda ko‘maklashadi.
Xaridorga esa eng yoqimli qismi qoladi: avtomobilni xotirjam ko‘zdan kechirish, rulda o‘tirib ko‘rish, barchasi ko‘ngildagidek ekaniga ishonch hosil qilish va shunchaki jarayondan zavqlanish.
Qolgan barcha masalalarda TBC Avto vakili yoningizda bo‘ladi va yordam beradi. Agar barchasi muvaffaqiyatli o‘tsa, mashinani o‘sha kunning o‘zidayoq olib ketish mumkin.
So‘ngra — xaridni nishonlaysiz
Shundan so‘ng xaridning eng hayajonli, intiqlik bilan kutilgan qismi boshlanadi: uyga yangi mashinada kirib kelish, dasturxon yozish, “Muborak bo‘lsin!” degan samimiy tilaklarni eshitish va bu quvonchni yaqinlar bilan baham ko‘rish.
Axir avtomobil xarid qilish — bu haqiqiy bayram! Ushbu unutilmas kundan zavqlaning va qadrdonlar davrasida bo‘ling. Yugur-yugurlarni esa TBC Avto‘ga qo‘yib bering, toki hech narsa sizni eng muhim lahzalardan chalg‘itmasin.
“TBC BANK" ATBdan avtokredit, O‘zRes Markaziy bankining 2026-yil 17-martdagi 86-sonli litsenziyasi. *Foiz stavkasi — yillik 0% dan 29,5% gacha. *Summa — 1 000 000 000 so‘mgacha. *Muddat — 6 oydan 60 oygacha. *Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan boshlab. Xarid qilinayotgan avtomobil garovda qolishi shart.
Ommaviy oferta emas. Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorni bank qabul qiladi. Kreditning barcha shartlari bilan tanishib chiqing.
Hamkorlik asosida
