ANORBANK aksiyadori atrofidagi xabarlarga munosabat bildirdi

24.09.2026 16:42
O'zbekchaРусский
So‘nggi kunlarda ANORBANK aksiyadorlaridan biri xalqaro INTERPOL qidiruviga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bank matbuot xizmati bu bo‘yicha tanga.uz nashriga izoh berib, alohida aksiyadorning shaxsiy hayotidagi holatlar bank faoliyati, uning kapitali, boshqaruvi yoki bank operatsiyalari bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi.
ANORBANK aksiyadori atrofidagi xabarlarga munosabat bildirdi

So‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalarida ANORBANK aksiyadori Qahramonjon Olimov xalqaro INTERPOL qidiruviga berilgani haqida xabarlar tarqaldi.

E’lon qilingan xabarlarda Olimov o‘g‘rilikni sahnalashtirganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgani aytiladi.

ANORBANK mazkur holat yuzasidan tanga.uz nashriga munosabat bildirdi. Bank izohida aytilishicha, alohida aksiyadorning shaxsiy hayotidagi holatlar bank faoliyati, uning kapitali, boshqaruvi yoki bank operatsiyalari bilan bog‘liq emas.

Qahramonjon Olimov bank aksiyadorlaridan biri hisoblanadi. Uning shaxsiy protsessual maqomi ANORBANK’ning maqomi yoki ish tartibi o‘zgarishini anglatmaydi — deyiladi bank izohida.

2026-yil 21-sentyabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki vakillari ANORBANK’ka tashrif buyurgan edi.

Regulyator bankning likvidlik, kapital yetarliligi, yuqori likvidli aktivlar ko‘rsatkichlarini, shuningdek, LCR va NSFR me’yorlarini baholagan.

Baholash natijalariga ko‘ra, qayd etilgan ko‘rsatkichlar belgilangan me’yoriy talablar doirasida ekani ma’lum bo‘ldi.

Shunday qilib, ANORBANK belgilangan tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Bank faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy kanallar orqali va qonunchilik talablariga muvofiq e’lon qilinadi.

#anorbank#Qahramon Olimov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan