25-sentyabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalar narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quyma narxi 9 mln so‘mdan pastlab, 8 mln 994 ming so‘mni tashkil etgan. Bu yil boshidan buyon, aniqrog‘i 9-yanvardan keyingi eng past ko‘rsatkichdir.

Manba: Markaziy bank
1 gramm uchun hisoblaganda 1 mln 799 ming so‘mni tashkil etmoqda. Solishtirish uchun, 3-mart kuni narx 2 mln 173 ming so‘mga yetib, rekord qayd etilgandi. Narxlar shundan buyon 17 foizga pasaygan.
Biroq o‘tgan yilning mos davridagi narxlar bilan taqqoslaganda 19 foizga yuqori bo‘lib turibdi. Aynan o‘tgan yilning 25-sentyabr kunida 1 gramm oltin quyma narxi 1 mln 510 ming so‘mga teng bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalar narxlarini jahon bozorida oltin narxining o‘zgarishiga qarab belgilab boradi.
Avgust oyida jahonda oltinning 1 troy unsiyasi narxi 4052 dollardan 4602 dollargacha ko‘tarilib, 14 foizga oshgandi. 25-sentyabr kuni uchun esa mazkur ko‘rsatkich 4278 dollarni tashkil etmoqda.
