Qaysi bank eng daromadli omonatni taklif qilmoqda?

27.09.2026 16:29
O'zbekchaРусский
Bugungi kunda O‘zbekiston tijorat banklarida 100 dan ortiq omonat mahsulotlari mavjud. Ular muddati, foiz stavkasi va boshqa shartlari bilan bir-biridan farq qiladi. tanga.uz milliy valyutadagi (so‘m) barcha omonatlarni o‘rganib, ularning eng daromadlilarini bir joyga jamladi.
Qaysi bank eng daromadli omonatni taklif qilmoqda?

Foto: Shutterstock

Qisqacha ma’lumot

Quyidagi ro‘yxatda banklarning omonatlari bo‘yicha yillik foiz stavkasi, omonat muddati, minimal summa, omonatni to‘ldirish va undan qisman pul yechib olish imkoniyati hamda foizlarni to‘lash tartibi keltirilgan.

Omonat ochishdan oldin uning barcha shartlari bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Chunki ayrim omonatlarda foiz stavkasi yuqori bo‘lishi bilan birga, mablag‘ kiritish yoki yechib olish bo‘yicha qo‘shimcha shartlar ham belgilangan bo‘lishi mumkin.

Masalan, faqat bankning o‘z kartasidan mablag‘ kiritish talabi yoki boshqa cheklovlar bo‘ladi.

Shuningdek, foizlarni to‘lash tartibiga ham e’tibor berish kerak. Masalan, foizlar har oy to‘lanadigan omonatlarda bank hisoblangan foizlarni har oy to‘lab boradi, asosiy mablag‘ esa omonat muddati yakunida qaytariladi. Foizlar har kuni to‘lanadigan omonatlarda esa hisoblangan foizlar har kuni mijozga to‘lab boriladi.

Foizlari muddat yakunida to‘lanadigan omonatlarda foizlar muddat tugaguncha to‘lanmaydi. Ular omonat summasiga qo‘shilib boradi va muddat yakunida asosiy mablag‘ bilan birga beriladi.

AVO Bank — Muddatli omonati

  • Yillik stavkasi — 22 foizgacha
  • Omonat muddati — 12 oy
  • Minimal summa — 1 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to‘lash — muddat yakunida
  • Batafsil

Tayanchbank — Tayanchim 2.0

  • Yillik stavkasi — 21%
  • Omonat muddati — 24 oy
  • Minimal summa — 100 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to‘lash — har kuni
  • Batafsil

Hayot Bank — Istiqbol

  • Yillik stavkasi — 20%
  • Omonat muddati — 12 oy
  • Minimal summa — 500 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil (To‘liq ma’lumot Hayot Bank ilovasida berilgan)

Hayot Bank — Chempion

  • Yillik stavkasi — 20%
  • Omonat muddati — 4 oygacha
  • Minimal summa — 1 mln so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil (To‘liq ma’lumot Hayot Bank ilovasida berilgan)

Hayot Bank — Chilla

  • Yillik stavkasi — 20%
  • Omonat muddati — 13 oy
  • Minimal summa — 1 mln so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil (To‘liq ma’lumot Hayot Bank ilovasida berilgan)

Poytaxt Bank — O‘yma-oy

  • Yillik stavkasi — 20%
  • Omonat muddati — 24 oy
  • Minimal summa — 1 mln so‘m
  • To‘ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

ANORBANK — MILLIY har kunlik

  • Yillik stavkasi — 20%
  • Omonat muddati — 24 oy
  • Minimal summa — 1 mln so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to‘lash — har kuni
  • Batafsil

Garant Bank — Kunlik

  • Yillik stavkasi — 20%
  • Omonat muddati — 555 kun
  • Minimal summa — 10 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har kuni
  • Batafsil

Apex Bank — Impulse

  • Yillik stavkasi — 19%
  • Omonat muddati — 24 oy
  • Minimal summa — 500 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Poytaxt Bank — Sof foyda

  • Yillik stavkasi — 19%
  • Omonat muddati — 18 oy
  • Minimal summa — 1 mln so‘m
  • To‘ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Tenge Bank — Muddatli omonat

  • Yillik stavkasi — 19%
  • Omonat muddati — 12 oy
  • Minimal summa — 10 mln so‘m
  • To‘ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Tayanchbank — Bugunoq Foyda 2.0

  • Yillik stavkasi — 19%
  • Omonat muddati — 24 oy
  • Minimal summa — 1 mln so‘m
  • To‘ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — oldindan
  • Batafsil

NBU — Hamma uchun

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 18 oy
  • Minimal summa — 100 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Agrobank — Sandıq

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 18 oy
  • Minimal summa — 100 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Turonbank — Maksimum

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 18 oy
  • Minimal summa — 100 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Agrobank — Progress

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 13 oy
  • Minimal summa — 500 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Turonbank — Imkoniyat plyus

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 12 oy
  • Minimal summa — 500 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Universalbank — Premium

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 18 oy
  • Minimal summa — 500 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

InFinBank — Infin Daromad

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 18 oy
  • Minimal summa — 500 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Poytaxt Bank — 365 kun

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 12 oy
  • Minimal summa — 500 ming so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Mikrokreditbank — Bayramona

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 12 oy
  • Minimal summa — 1 mln so‘m
  • To‘ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har kuni
  • Batafsil

Garant Bank — Orzu sari

  • Yillik stavkasi — 18%
  • Omonat muddati — 24 oy
  • Minimal summa — 10 mln so‘m
  • To‘ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to‘lash — har oy
  • Batafsil

Eslatma

Ushbu omonatlar bo‘yicha ma’lumotlar banklarning rasmiy saytidan olindi. Shartlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi yoki ayrim omonatlarga yangi mablag‘ qabul qilish to‘xtatilishi mumkin.

Agar omonat bank ofisi orqali ochilsa, ayrim banklarda foiz stavkasi o‘zgarmasligi, ayrimlarida esa mobil ilovadagi stavkadan 1 foiz punktga past bo‘lishi mumkin.

#omonat

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan