Korzinka asoschisi Prezident administratsiyasi huzuridagi ishchi guruhga rahbar etib tayinlandi

05.10.2026 12:12
O'zbekchaРусский
Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.
Korzinka asoschisi Prezident administratsiyasi huzuridagi ishchi guruhga rahbar etib tayinlandi

Foto: Madina Nurman / Daryo

Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu guruhga Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi, tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

Shuningdek, guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi — deyiladi matbuot xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning fevral oyida O‘zbekistonda chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uyushmasi tashkil etilib, unga Zafar Hoshimov rahbar etib tayinlangandi.

Shuningdek, Hoshimov Prezidentning joriy yil 27-avgustdagi farmoni bilan Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibiga ham kiritilgandi.

#zafar_hoshimov#prezident_administratsiyasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan