Sentyabr oyida narxlar qanday o‘zgardi?

06.10.2026 15:32
O'zbekchaРусский
Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari o‘tgan oyga nisbatan o‘rtacha 0,7 foizga oshdi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 foizga, pulli xizmatlar esa 0,9 foizga qimmatlagan.
Sentyabr oyida narxlar qanday o‘zgardi?

Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari o‘tgan oyga nisbatan o‘rtacha 0,7 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Taqqoslash uchun, avgust oyida bu ko‘rsatkich 0,2 foizga teng bo‘lgan edi. Umuman olganda, sentyabrdagi 0,7 foizlik inflyatsiya yil boshidan buyon eng yuqori daraja hisoblanadi.

Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 foizga, pullik xizmatlar esa 0,9 foizga qimmatladi.

Aynan oziq-ovqat mahsulotlari ushbu oyda inflyatsiyani oshiruvchi asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Hududlar orasida eng yuqori inflyatsiya Surxondaryoda kuzatilib, 0,99 foizni tashkil etdi.

  • Surxondaryo — 0,99%
  • Toshkent shahri — 0,82%
  • Andijon — 0,74%
  • Navoiy — 0,73%
  • Namangan — 0,72%
  • Qashqadaryo — 0,71%
  • Sirdaryo — 0,71%
  • Buxoro — 0,70%
  • Samarqand — 0,70%
  • Toshkent viloyati — 0,70%
  • Farg‘ona — 0,69%
  • Qoraqalpog‘iston R. — 0,67%
  • Jizzax — 0,66%
  • Xorazm — 0,64%

Sentyabr oyida yillik inflyatsiya darajasi esa 6,4 foizni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, avgust oyida bu ko‘rsatkich 6,2 foizga, o‘tgan yilning sentyabr oyida esa 8 foizga teng bo‘lgandi.

Sentyabr oyida narxi eng ko‘p oshgan 20 ta oziq-ovqat mahsuloti

  • Yangi uzilgan pomidor — (+14,2%)
  • Yangi uzilgan bodring — (+13,5%)
  • Sabzi — (+12,4%)
  • Turp — (+5,8%)
  • Kartoshka — (+5,5%)
  • Tovuq tuxumi — (+5,3%)
  • Yangi bulg‘or qalampiri — (+4,9%)
  • Baqlajon — (+4,7%)
  • Lavlagi — (+4,3%)
  • Shaftoli — (+3,5%)
  • Yangi uzilgan tarvuz — (+3,4%)
  • Anor — (+3,0%)
  • Piyoz — (+2,6%)
  • Dudlangan mol oyog‘i — (+2,2%)
  • Yangi uzilgan qovun — (+2,1%)
  • Mol va qo‘y jigari — (+1,8%)
  • Mol go‘shti (suyaksiz) — (+1,7%)
  • Xom hayvon yog‘lari — (+1,7%)
  • Karam — (+1,7%)
  • Sholg‘om — (+1,6%)

Sentyabr oyida narxi eng ko‘p arzonlagan 20 ta oziq-ovqat mahsuloti

  • Limon — (-12,1%)
  • Apelsin — (-12,1%)
  • Mandarin — (-11,9%)
  • Uzum — (-5,6%)
  • Qovoq — (-3,7%)
  • Olma — (-2,4%)
  • Banan — (-1,7%)
  • Shakar — (-1,0%)
  • Loviya — (-0,8%)
  • Quritilgan baliq — (-0,7%)
  • Sarimsoq — (-0,7%)
  • Qotgan non — (-0,3%)
  • Noxat — (-0,3%)
  • Novvot — (-0,3%)
  • Konservalangan mevalar — (-0,2%)
  • Oq qand — (-0,2%)
  • Sutli aralashmalar (bolalar uchun) — (-0,2%)
  • Tabiiy qahva donalari — (-0,2%)
  • Makaron — (-0,1%)
  • Moyga solingan shprotlar — (-0,1%)

Sentyabr oyida narxi eng ko‘p oshgan 20 ta nooziq-ovqat mahsuloti

  • 95 markali benzin — (+4,2%)
  • Propan — (+4,2%)
  • Shkaflar — (+2,1%)
  • Yotoqxona uchun mebellar — (+1,2%)
  • Kir yuvish uchun yirik priborlar — (+1,2%)
  • Kir yuvish kukuni — (+1,0%)
  • O‘tin va g‘o‘zapoya — (+0,8%)
  • Tikish uchun ip gazlamalar — (+0,8%)
  • Poyabzal tozalash uchun kremlar — (+0,8%)
  • Noutbuk — (+0,8%)
  • Ayollar uchun qishki palto — (+0,7%)
  • 92 markali benzin — (+0,7%)
  • Televizor — (+0,7%)
  • Tamaki mahsulotlari — (+0,6%)
  • Erkaklar uchun sviterlar — (+0,6%)
  • Yo‘rgaklar — (+0,6%)
  • Dastro‘mol — (+0,6%)
  • Stollar — (+0,6%)
  • Konditsioner — (+0,6%)
  • Idish yuvish geli — (+0,6%)

Sentyabr oyida narxi eng ko‘p arzonlagan 20 ta nooziq-ovqat mahsuloti

  • Elektr lampochkalar — (-1,0%)
  • Sement — (-0,9%)
  • Bintlar — (-0,4%)
  • Rassomlar uchun bo‘yoqlar — (-0,4%)
  • Yirik oshxona priborlari — (-0,3%)
  • Nikoh uzuklari — (-0,3%)
  • Ayollar uchun bosonojkalar — (-0,2%)
  • Chang yutkichlar — (-0,2%)
  • Ichimliklar uchun priborlar — (-0,2%)
  • Shisha idishlar — (-0,2%)
  • Sport uchun jihozlar — (-0,2%)
  • A4 formatdagi qog‘oz — (-0,2%)
  • Erkaklar shortiki va shalvari — (-0,1%)
  • Erkaklar uchun krossovkalar — (-0,1%)
  • O‘g‘il bolalar botinkalari — (-0,1%)
  • O‘g‘il bolalar bosonojkalari — (-0,1%)
  • Bolalar krossovkalari — (-0,1%)
  • Stenkalar — (-0,1%)
  • Stullar — (-0,1%)
  • Maktab daftari — (-0,1%)

Sentyabr oyida narxi eng ko‘p oshgan xizmat turlari

  • Davlat bog‘chasi — (+6,8%)
  • Huquqiy xizmatlar — (+6,6%)
  • Kontrakt narxlari — (+6,3%)
  • Xususiy maktab — (+6,0%)
  • Hayvonlar uchun veterinariya xizmati — (+3,1%)
  • Kuryerlik xizmatlari — (+3,0%)
  • Audiovizual tarkibiga obuna — (+2,6%)
  • Samokat va velosiped ijarasi (elektr) — (+2,3%)
  • Parkovka — (+2,2%)
  • Sovuq suv va kanalizatsiya uchun haq to‘lash — (+2,1%)
  • Repetitorlik xizmatlari — (+1,9%)
  • Chet tili kurslari — (+1,8%)

Sentyabr oyida narxi eng ko‘p arzonlagan xizmat turlari

  • Axborot va aloqa — (-3,7%)
  • Teatrlarning xizmatlari — (-2,9%)
  • Poyezd chiptasi — (-1,6%)
  • Pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash — (-1,5%)
  • Ichki yo‘lovchi havo transporti — (-1,3%)
  • Xalqaro yo‘lovchi havo transporti — (-0,7%)
#inflatsiya#narxlar#sentyabr

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan